27 iyu 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Umar Nurmagomedov bilan Qatarda jang qilish haqidagi savolga javob qaytardi
UFC sobiq chempioni Pyotr Yan Qatarda o'tadigan turnirda Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilish ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
"Qatardagi turnirda Umar Nurmagomedov bilan bosh jangda qatnashish? Bu menga hozircha qiziq emas, chunki men uchta g'alabadan iborat seriyadaman. Umar esa kamida ikki-uchta jangni yutsin.
Men u bilan Bokuda bo'lib o'tgan UFC on ABC 8 turnirida besh raundlik jangni qabul qilgandim. UFC menga taklif qildi, men "Ha!" dedim. Lekin u "Yo'q" deganda, men "Unda iyuldagi turnirda jang qilaylik", dedim. Lekin u bu jangga ham tayyor emas edi, ular faqat oktyabrgagina rozi edi. SHuning uchun, endi o'z navbatlarini kutaversinlar", — dedi Yan jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar