28 iyu 09:58
Yangiliklar

Qozog'istonlik tennischi ketma-ket ikkinchi hafta ham ATP turniri chempioni bo'ldi
Finalga qadar dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan qozog'istonlik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida roppa-rosa 100-pog'onadan joy olgan franciyalik Artur Kazoni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Bublik 5, Kazo 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Aleksandr grunt qoplamali turnirda ketma-ket ikkinchi hafta ham chempion bo'ldi. U o'tgan hafta SHveycariyaning Gshtaad shahridagi ATP turnirida ham bosh sovringa ega chiqqandi. Bu uning mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi ettinchi chempionlik sovrini bo'ldi.
Generali Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Aleksandr Bublikka 250 reyting ochkosi hamda 90 675 evro mukofot puli keltirdi.
Fikrlar