28 iyu 07:31
Yangiliklar

Mubadala Citi DC Open. Leyla Fernandes finalda Kalinskayani sochib tashladi
Hal qiluvchi final bahsida dunyoning 36-raketkasi bo'lib turgan kanadalik Leyla Fernandes WTA reytingida 48-pog'onada borgan rossiyalik Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqdi. Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Leyla raqibasini sezmadi - 6/1, 6/2.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. Kalinskaya 1, Fernandes 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tomonda bo'ldi - 4 ga 0.
Bu kanadalik iqtidor egasining mavsumdagi to'rtinchi WTA sovrini bo'ldi. Mubadala Citi DC Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Fernandesga 500 reyting ochkosi hamda 197 570 dollar mukofot puli keltirdi. Kalinskaya esa bir haftalik mehnatidan 325 ochko va 121 880 dollar ishlab oldi.
Fikrlar