28 iyu 08:55
Yangiliklar

UFC on ABC 9 gonorarlari malum. Guskov o'zi nokaut qilgan Krilovdan 6 barobar kam gonorar oldi
Ushbu oqshom ishtirokchilarining gonorarlari malum bo'ldi va qizig'i shundaki, Bogdan Guskov tomonidan birinchi raunddayoq nokautga uchratilgan Nikita Krilov sobiq UFC chempioni Petr Yan, shuningdek, SHara Bullet, Muslim Salixov va boshqa jangchilardan ko'p gonorarga ega chiqqan. Krilovdan faqat asosiy jangda mag'lubiyatga uchragan Robert Uittaker ko'proq gonorar olgan – 571 000 dollar!
Sporty Salaries bergan malumotga tayanadigan bo'lsak, Bogdan "Carevich" Guskov Nikita Krilovga qarshi yorqin jangidan 64 500 AQSH dollari ishlab olgan. Ushbu summaning 30 000 dollari jang, yana shunchasi g'alaba va 4 500 dollari homiylar tomonidan beriladigan bonuslar hisobiga to'g'ri keladi. Krilov esa Guskovga qaraganda deyarli olti barobar ko'p gonorar ishlab oldi – 371 000 dollar (350 000 – jang uchun, 21 000 – homiylar to'lovi).
UFC on ABC 9 turnirining Top-10 gonorarlari:
Robert Uittaker – 571 000
Nikita Krilov – 371 000
Mark-Andre Barrio – 366 000
Muslim Salixov – 311 000
Rene de Ridder – 266 000
Deyvi Grant – 261 000
Brays Mitchell – 235 000
Tabata Richchi – 216 000
Petr Yan – 211 000
Said Nurmagomedov – 161 000
Fikrlar