27 iyu 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu - marketing". Islam Maxachev nega P4P reytingda pasayganiga javob berdi
UFC sobiq chempioni Islam Maxachev o'zini UFC P4P reytingda birinchi o'rindan tushirilishini izohladi.
Ungacha ushbu o'rinda turgan Maxachev o'z poziciyasini Iliya Topuriyaga boy berdi. Topuriya UFC 317 turnirida CHarlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratgandi.
"Bu — marketing. Ular buni atayin qilishmoqda. Oldinda turgan jangga qiziqishni oshirish uchun (yani, Jek Della Maddalenaga qarshi). Lekin odamlar bu jangga rostdan ham qiziqish bildiryapti. Demak, ular to'g'ri yo'lda. Biz esa reytingda birinchi o'rin uchun kurashamiz", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar