So’nggi yangiliklar

16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0

10 fev 21:03
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. CHiroqchidagi bog'chada kurashga oshno bolalar

Teglar :  Bolalar sporti
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirish ustuvor vazifalardan sanaladi.

Ayniqsa, bog'cha va maktab yoshidagi o'g'il-qizlarimizni sportga qiziqtirish va salomatliklarini mustahkamlash, istedodlarini ro'yobga chiqarish o'ta muhim. 

Bu boradagi ishlarga maktabgacha talim muassasalarida ham alohida etibor qaratilgan. Xususan, CHiroqchi tumanidagi “HELLO HAPPY KIDS” davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha talim muassasasida tarbiyalanayotgan 130 nafar o'g'il-qizlarning sportga oshno bo'lishlari va talim – tarbiya olishlari uchun  barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Bu maskanda jarayonlar eng avvalo davlatimiz madhiyasi yangrashdan va   ertalabki badantarbiya mashg'ulotlaridan boshlanadi.  

Tadbirkor Farhod Jumanov tomonidan tashkil etilgan mazkur bolalar bog'chasida Prezidentimiz tomonidan tasis etilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosi taminlanayotganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Jumladan , rasm chizish, raqs, kitobxonlik, kitobxonlik doirasida audio o'qitish, ingliz, rus tillarini  o'rganish, shaxmat – shashka, futbol kabi bir qator to'garaklar yo'lga qo'yilgan. Yaqinda tadbirkor F. Jumanov bog'chada yana bir xayrli ishga qo'l urdi. Jajji farzandlar  milliy kurashimiz bilan shug'ullanishlari uchun  kurash sport turi bo'yicha to'garakni yo'lga qo'ydi. Hozirda murabbiyi Umidjon Samadov qo'l ostida  25 nafar bolajonlar kurash sirlarni o'rganishni boshlashdi. Qiziq holat –  “HELLO HAPPY KIDS” ning mashg'ulot maydonchasida egniga ilk bor kurash kiyimini kiyib,  ilk bor kurash tushayotgan  4-5 yoshli bolalar xuddiki katta polvonlar singari harakat qilib, tezda usulga kirgani va raqibini “elka”  yoki “qo'shsha” qilayotganini ko'rib, hayron yoqangizni ushlaysiz va  polvonlik o'zbekning qonida borligiga yana bir amin bo'lasiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi       

     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing