So’nggi yangiliklar

08:46"Конор бўлмаганида Хабиб дунё юлдузига айланмаган бўларди" - Кормье 0 08:25Almaty Cadets Asian Cups 2025. Иккинчи кун 13 та медаль қўлга киритдик 0 08:04Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб этиб, 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 07:43Илия Топурия: "Махачев уни "ухлатиб" қўйишимни биляпти. Хабиб ҳам буни тушунади" 0 07:22Гусков билан жанг қиладиган Криловнинг мураббийи: "У Богдан Гусков билан жангни бизнинг розилигимизсиз қабул қилди" 0 07:01Таэквондочиларимиз Кореяда ўтказиладиган учта халқаро турнирда иштирок этади 0 19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0

05 iyu 12:40
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalarga bering dunyoni... FOTOREPORTAJ

Teglar :  Bolalar kuni
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilarniing farzandlari bilan manaviy-marifiy va sport tadbirlari o'tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahar Uchtepa tumani “Alixonto'ra Sog'uniy” va “Vatanparvar” mahallasida istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlarning farzandlari ham tashrif buyurdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug'bek tuman Kengashi bilan hamkorlikda tayyorlangan tadbirda iqtidorli o'g'il-qizlar “Ozod va obod yurt”, “Mening oilam - mening faxrim”, “Butun olam ranglari jilosi”, “Mening dadam Vatan himoyachisi” mavzularida rasm chizish, sher aytish, qo'shiq kuylash, raqsga tushish, cholg'u asboblarini chalish kabi manaviy-marifiy tadbirlarda bellashdilar.

SHuningdek, shijoatga to'lib turgan yoshlar velopoyga, shaxmat-shashka, stol tennisi, suzish, savatchaga to'p otish, oddiy usullarda to'p bilan yugurish kabi sport turlari bo'yicha ham kuch sinashdilar.

“Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan barcha ishtirokchilar “SHarafli kasb egasining farzandlari” maxsus tayyorlangan sovg'alar, diplom va ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi. SHu bilan bir qatorda, farzandlarida nogironligi bo'lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga tashriflar uyushtirilib, ularga sovg'a salomlar ulashildi.

Tadbirdan keyin O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi. Yoshlar Akademiya faoliyati bilan tanishib, chuqur taassurotlarga ega bo'ldilar.

Dildora Abduraxmonova, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining Xotin qizlar va harbiy xizmatchilarning oila-azolari bilan ishlash  etakchisi

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing