So’nggi yangiliklar

07:22Бутунжаҳон ёзги Универсиадада иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 07:01Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди 0 22:46Уимблдон. Ига Свёнтек финалда катта устунлик эвазига ғалаба қозонди ва чемпион бўлди 0 19:15Ботир Аҳмедов Стивенсон — Сепеда жанги учун тахмин билдирди 0 18:54Енгил атлетикачиларимиз Универсиадада қандай таркиб билан иштирок этиши маълум 0 18:33Жервонта Дэвис яна ҳибсга олинди 0 18:12Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди 0 17:51Жанги бекор бўлган Рамазон Темиров Туркияга келди (ФОТО) 0 17:30Холлоуэй энг кучли зарбага эга жангчини айтди – бу Топурия эмас! 0 17:09BKFC 15 миллион долларлик турнирни эълон қилди 0 16:48"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи 0 16:27Собиқ UFC жангчиси Саидёқуб Қаҳрамонов дисквалификация қилинган Улуғбек Рашитовга кескин мурожаат қилди (ФОТО) 0 16:06Дана Уайт: "Махачев Маддаленани мағлуб этса, кейинги рақиб..." 0 15:45Тасдиқланди! Хотамбек Бойназаров чемпионлик камарини собиқ UFC жангчисидан ҳимоя қилади + ПОСТЕР 0 15:24Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин 0

26 okt 11:35
Yangiliklar

Tadbirlar

Bosh Assambleyada o'zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Teglar :  MOQAssambleya
Greciyaning Krit oroli mezbonlik qilgan Milliy Olimpiya qo'mitalari associaciyasining (MOQA) navbatdagi Bosh Assambleyasi o'z yakuniga etdi.

Assambleyaning ikkinchi kuni doirasida ishtirokchilar bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Ushbu tadbirda O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi delegaciya qatnashmoqda. 

Tadbir davomida vakillarimiz XOQ prezidenti Tomas Bax, MOQAning amaldagi rahbari Robin Mitchel va tashkilot Bosh kotibi Gunilla Lindberg, Butunjahon taekvondo WT federaciyasi prezidenti CHungvon CHoi, Xalqaro kamondon otish federaciyasi va Turkiya MOQ prezidenti Ugur Erdener, Butunjahon engil atletika federaciyasi birinchi vice-prezidenti va Ukraina MOQ prezidenti Sergey Bubka, Rossiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va boshqa bir qator yuqori martabali rahbarlar bilan uchrashib, Assambleyada ko'tarilgan masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi va kelajakda o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha suhbat olib borishdi. 

SHuningdek, mutasaddilarimiz Assambleyada qatnashgan MDH, Boltiq bo'yi va Gruziya mamlakatlari MOQ rahbarlari bilan ham uchrashib, ularni 2-4 noyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan xalqaro forumga taklif etishdi.

Yakunda MOQA rahbariyatiga tashkilotning navbadagi Bosh Assambleyasi muvaffaqiyatli o'tgani, Greciya MOQ prezidenti Spiros Kapralosga esa tadbirga yuqori saviyada mezbonlik qilgani uchun Qo'mitamiz nomidan minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

Uchrashuv davomida Oybek Kasimov O'zbekiston MOQ ushbu xalqaro tashkilot bilan chuqur do'stona aloqalarni davom ettirishdan minnatdor ekanini bildirib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing