12 iyu 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis yana hibsga olindi
Professional boksning engil vaznida amerikalik WBA chempioni Jervonta Devis (30-0-1, 28 KO) Floridada qamaldi.
Unga uydagi zo'ravonlik ayblovi qo'yilgan. Garov miqdori keyinroq aniqlanadi. Jervonta 16 avgust kuni Las-Vegasda Lamont-Rouch bilan revansh jangini o'tkazishi kerak.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning may oyida Baltimor sudi Devisni 2020 yil noyabr oyida baxtsiz hodisa sodir etgani uchun uch yil sinov muddatiga, 90 kun uy qamog'iga va 200 soat jamoat ishlariga hukm qilgan edi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar