12 iyu 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

BKFC 15 million dollarlik turnirni elon qildi
Qo'lqopsiz janglar bo'yicha "Sayyoradagi eng yomon odam" turniri elon qilindi.
U keyingi yilning mart oyida boshlanadi. Liga rahbarlaridan biri Konor Makgregorning aytishicha, turnirda ikkita vazn toifasidagi jami 32 nafar jangchi qatnashadi.
BKFC prezidenti Devid Feldmanga ko'ra, musobaqa Los-Anjelesda boshlanib, Yaqin SHarqda tugaydi va 1 yil davom etadi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 25 million dollarni tashkil qiladi, 15 million dollar esa g'olibga beriladi.
Turnir sovrin jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:
1-o'rin: 15 million dollar
2-o'rin: 1 million dollar
3 va 4-o'rinlar: 500 000 dollar
5-8-o'rinlar: 300 000 dollar
9-16-o'rinlar: 200 000 dollar
17-32-o'rinlar: 100 000 dollar.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar