13 iyu 07:22
Yangiliklar

Butunjahon yozgi Universiadada ishtirok etadigan dzyudochilarimiz tarkibi tasdiqlandi
Ushbu kompleks musobaqada O'zbekiston sport delegaciyasi 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, engil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo WT va tennis) bo'yicha oliy talim muassasalarida tahsil oluvchi talaba sportchilar bilan ishtirok etadi.
Medallar shodasi kutilayotgan olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi tarkibimiz tasdiqlandi. Tashkilotchilar tomonidan erkaklar va ayollar bo'yicha bahslarda odatdagidek 7 ta emas, 6 tadan vazn toifasida medallar o'ynalishi malum qilingan. Universiadada erkaklarda -66, ayollarda esa -63 kg vazn toifasi bo'lmaydi.
Universiadada qatnashadigan tarkibimiz:
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
AYOLLAR
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-70 kg: SHirinjon Yuldosheva
-78 kg: Marjona Ko'chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Murabbiylar - Abdukarim Tangriev, Ulug'bek Azizov, Aziz Tashmatov
Fikrlar