So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

09 noy 06:41
Yangiliklar

Boshqalar

Britaniyaning The Telegraph nashri O'zbekiston Prezidentining sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish tashabbusi haqida yozdi

Buyuk Britaniyaning etakchi gazetalaridan biri - The Telegraphda O'zbekistonda fuqarolar kuniga besh mil yo'l yursalar, ularga haq to'lanadi sarlavhali maqola chop etildi.

«Dunyo» AA xabar berishicha, maqola nashrning Markaziy Osiyo bo'yicha muxbiri Jeyms Kilner tomonidan yozilgan.

Materialda O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi harakatni yaratish tashabbusi haqida so'z yuritilgan.

Muallif piyoda yurishni rag'batlantirish, ayniqsa, kuniga 10 ming qadam bosish g'oyasini mamnuniyat bilan qo'llab-quvvatlagan. U o'zbek oshxonasi o'zining ajoyib xususiyatlari, jumladan, betakror palov va somsa bilan mashhurligini takidlar ekan, ushbu taomlar kuchli kaloriyali bo'lgani sababli ovqatlanishdan keyin, albatta, jismoniy mashqlar, xususan piyoda yurish va kechki sayr inson sog'lig'i uchun foydadan xoli emasligini qayd etadi.

Jeyms Kilnerga ko'ra, davlatimiz rahbari aholi salomatligi haqida g'amxo'rlik qilib, ushbu g'oyani ilgari surdi. Bu koronavirus tarqalishi paytida juda dolzarb va o'zbekistonliklar orasida yangi fitnes-trendning boshlanishi bo'ldi.

Muallif Prezident SHavkat Mirziyoev odamlarni tuz, shakar va yog' miqdori yuqori bo'lgan taomlar, shuningdek, xamirli ovqatlar, shirinliklar va non mahsulotlari istemolini kamaytirishga chaqirganini takidlaydi. Prezident aholi o'rtasida to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini har tomonlama targ'ib qilish va sport markazlari sonini ko'paytirish tashabbusini ilgari surdi.

«The Telegraph» - Buyuk Britaniyada 1855 yildan buyon nashr etilayotgan kundalik milliy gazetadir. Bosma nashr har kuni 318 ming nusxada chop etilmoqda. Gazeta Buyuk Britaniya va xorijiy mamlakatlarda tarqatiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing