So’nggi yangiliklar

07:01Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди 0 01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0

27 may 16:28
Yangiliklar

Futbol

Bugun Bundesliga g'olibi aniq bo'ladi

Bugun tunda Germaniya chempionati 2022/2023 mavsumi yakuniga etadi.

Quyida so'nggi tur oldidan Bundesligadagi intrigalar xususida so'z yuritamiz.


CHempionlik masalasi

So'nggi tur oldidan turnir jadvalida “Borussiya Dortmund” 70 ochko to'plab birinchi, 68 ochko to'plagan «Bavariya» esa ikkinchi o'rinda bormoqda. Joriy mavsum chempionligi aynan shu ikki jamoadan biriga nasib etadi.

Yakunlovchi turda «Borussiya» Signal Iduna Parkda «Maync»ni mehmon qiladi. To'plar nisbati Myunhen grandida yaxshiroq bo'lganligi bois «asalarilar»ni faqat g'alaba chempionga aylantiradi. Amaldagi chempion esa Dortmundga «motivaciyasiz» kelayotgan «Mayns»ga omad tilaydi. «Mayns» ayni paytda jadvalning qoq o'rtasidan joy olganligi uchun, g'alaba ularga hech nima bermaydi. Katta ehtimol, bugun tunda Dortmund grandi tarixlaridagi 9 chi chempionlikni tantana qiladi. «Bavariya» 34 chi turda jadvalda «Mayns»dan bir pog'ona pastda joylashgan «Kyoln» bilan safarda bellashadi. «Kyoln» ham «Mayns» bilan bir xil holatda, g'alaba yoki mag'lubiyat deyarli farqi yo'q.


Evrokubok yo'llanmalari uchun kurash

Bilasiz, Bundesligadan 4 ta jamoa ECHLda, 1 jamoa Evropa Ligasida va yana bir jamoa Evropa Konferenciyalar Ligasida ishtirok etadi. Hozircha ECHLda yo'l olgan 3 jamoa malum. Bular “Borussiya D”, «Bavariya» va «Leypcig». 4 chi chipta uchun ikki davogar “Union Berlin” va «Frayburg» kurash olib bormoqda. «Union» so'nggi turda 12-o'rinda borayotgan «Verder» bilan, «Frayburg» esa 8 chi pog'onada joylashgan «Ayntraxt» bilan bellashadi. «Ayntraxt»da ham «Verder»dagi kabi o'yinning ahamiyati kam. Jamolarga g'alaba ham mag'lubiyat ham hech nima bermaydi.

Turning intrigaga boy o'yinlaridan biri Bohum shahrida bo'lib o'tadi. Unda divizionda qolish uchun kurashayotgan «Bohum» EKL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun yaqin turgan «Baer» bilan «jang»qiladi. “Folksvagen arena”da «Bundesliga»dan badarg'a bo'lishi aniq bo'lgan «Gerta»ni qabul qiladigan «Volfsburg» ayni paytda jadvalda 7-o'rinda bormoqda va «Bayer» bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkil qiladi.

 

Ligada qolish uchun kurashayotganlar

Oldinroq aytganimizdek «Gerta»ning ligani tark etishi aniq. Kurash 13 chi pog'onada joylashgan «Xoffenxaym»dan to 17 chi o'rinda borayotgan «SHalke»gacha bo'lgan jamoalar o'rtasida kechadi.

So'nggi turda

«SHtutgart» – «Xoffenxaym»

Borussiya M” – «Augsburg»

«Bohum» – «Bayer»

«Leypsig» – «SHalke»

juftliklariga guvoh bo'lamiz.

Katta ehtimol ligani «Gerta» bilan birga «SHalke» tark etadi, «Bohum» esa o'tish o'yinida ishtirok etsa kerak.


Po'lat Qalandar

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing