So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

04 apr 07:22
Yangiliklar

Kurash

Bugun CHimyonda bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start beriladi

Teglar :  CHimyonUch kurash
Bugun Farg'ona viloyati, Farg'ona tumanidagi CHimyon shaharchasida joylashgan 2- sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Bel olish va uch kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida ishtirok etish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan ko'plab yosh polvonlar CHimyonga etib kelgan.

Takidlash joiz, ushbu musobaqaning yuqori saviyada o'tishi uchun Farg'ona viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Farg'ona tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman 2-BO'SM Bel olish va uch kurash associaciyasi bilan hamkorlikda tayyorgarlik jarayonlariga alohida etibor qaratgan.

SHuningdek, rejaga muvofiq, ikki kun davomida Bel olish va uch kurashning yaktakli yo'nalishi bo'yicha hakamlar va murabbiylar ishtirokida o'quv-amaliy seminari o'tkazildi. 

Mazkur seminarni Bel olish va uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizov, associaciya sport direktori Muzaffar Abdurahimov hamda bel olish va uch kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Abduqahhor Ergashevlar olib borishdi.

Biz esa mazkur musobaqa tafsilotlari bilan batafsil tanishtirishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing