So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

25 fev 11:23
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda basketbol bo'yicha viloyat birinchiligi o'tkazildi + FOTO

Teglar :  CHirchiqBasketbol
CHirchiq tibbiyot kolleji sport zalida o'smirlar o'rtasida sportning basketbol turi bo'yicha Toshkent viloyati birinchiligi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi va viloyat basketbol federaciyasi hamda CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport  bo'limi hamkorligida tashkil etilgan viloyat birinchiligida Yangiyo'l, Nurafshon, Angren, CHirchiq shaharlari, Bustonliq tumani jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099 -sonli Farmoni ijrosini taminlash, basketbol sport turini Toshkent viloyati miqyosida yanada rivojlantirish, uyushmagan aholi va yoshlarni sportga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, viloyat va mamlakat birinchiliklarida ishtirok etuvchi o'smirlar terma jamoasini shakllantirish maqsadida o'tkazildi.

Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, Bo'stonliq tumani jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Angren jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin CHirchiq shahri jamoasiga nasib etdi.

Alisher NORMETOV, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi v.b. boshlig'i: - Basketbol bo'yicha o'tkazilgan ushbu musobaqa ham aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada ko'proq jalb etish, qolaversa, viloyat terma jamoasiga munosib sportchilarni saralashdan iborat bo'ladi. Albatta, bu kabi sport bellashuvlarining yuqori saviyada o'tishida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilovga sportchilarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Qolaversa, bugungi bellashuvda sportchilarni taqdirlashda ishtirok etgan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining oliy sport yutuqlari va saralash (selekciya) bo'limi boshlig'i Oybek Toshpo'latov, ommaviy va bolalar sportini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Usmonjon Karimov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Toshkent viloyati bo'limi vakili Azamat Turopovlar ham jamoalarning o'yinlarini ko'zatib borishdi. Kuzatish jarayonida hakamlar va murabbiylar ishtirokida iqtidorli basketbolchilarni saralash xususida fikrlashishdi. Musobaqa yakunida boshqarma vakillari g'olib va sovrindor jamoalarni Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasis etilgan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlashdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi        

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing