So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

06 apr 18:32
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiq OPSTTMda sport majmualarining ochilish marosimi hamda Navro'z tantanalari o'tkazildi + FOTOREPORTAJ

CHirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi bunyod etilgan suzish havzasi, boks, og'ir atletika va kamondan otish zallarining ochilish marosimi hamda Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlangan tantanalar o'tkazildi.

Respublikada etakchi sport-talim maskanlaridan sanalgan mazkur markazda 595 nafar o'quvchi 27 sport turi bo'yicha tahsil olmoqda. Hozirda markaz sportchi-o'quvchilarining 230 nafari turli sport turlaridan mamlakat terma jamoalari azolari hisoblanishadi.

Uch nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 220 nafar sport ustasi va nomzodlar tayyorlangani markazda sport ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat. Yanayam etirofga sazovor tomoni, 1978 yildan buyon ushbu maskanda sport mahoratini oshirgan 64 nafar bituruvchi olimpiya o'yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan. 

Bu kabi ko'rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida qurilgan suzish havzasi (25/50 metr), bir biriga tutash boks va og'ir atletika zali (2 ta 18/36 o'lchamda) hamda kamondan otish zali (15/30 metr) keng, yorug' va shinam, bir so'z bilan aytganda havasingiz ortadigan darajada. Demak, yoshlarimiz bu kabi yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, mashg'ulotlarga zo'r berishadi. 

Tadbirda doirasida Navro'z ruhi aks ettirilgan badiiy chiqishlar, arqon tortish, tosh ko'tarish, kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi, qilichbozlik singari o'ziga xos bellashuvlar yoshlarga zavq-shavq bag'ishladi.

SHuningdek, sumalak, halim, osh, ko'k somsa, ko'k chuchvara kabi milliy taomlarning tayyorlanishida, bayramona bezatilgan "Navro'z dasturxoni" tanlovlarida sportchi-o'quvchilarning bevosita ishtiroki ular qalbida milliy ananalarimizga bo'lgan sadoqat ruhini o'yg'otgan bo'lsa ajab emas.

Tadbirda Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, "O'zbekiston qahramoni" To'lqin Ibragimov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, O'zDJTSU rektori Rashid Matkarimov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, CHirchiq OPSTTM direktori Ravshan Gafurov, Xalq deputatlari CHirchiq shahar kengashi deputatlari va boshqa masullar ishtirok etishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing