So’nggi yangiliklar

18:15Александр Усик: "Мен доим 12 раундга тайёрланаман. Лекин имконият бўлса, Дюбуани нокаут қиламан" 0 17:53Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда 0 17:27UFC Австралияда турнир ўтказилишини анонс қилди (ПОСТЕР) 0 17:10Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади 0 16:54Конор МакГрегор допинг синовлари тизимига қайтди 0 16:26Даниэль Дюбуа: "Усикнинг ожиз нуқталари бор" 0 16:02МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди 0 15:39Усик Фьюри билан трилогия ҳақидаги миш-мишларни рад этди 0 15:17Флойд Мейвезер ва Мэнни Пакьяо реванш борасида музокара олиб бормоқда 0 14:51Александр Усик Дюбуага қарши жанг олдидан қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 14:25Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум 0 14:03Царукян кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 13:41Усик нега яна иккита жангдан кейин боксни тарк этмоқчи эканини тушунтирди 0 13:20UFC 318: Турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 12:55"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи 0

12 dek 09:02
Yangiliklar

Boshqalar

CHirchiqda turli shiorlar ostidagi sport tadbirlari tashkil etildi

Teglar :  CHirchiq
Joylarda jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qiluvchi shiorlar ostida turli sport bellashuvlari o'tishi davom etmoqda.

Xususan, joriy yilning 10 dekabr kuni CHirchiq shahrida “Street workout” (“ko'cha sporti”) hamda paraqilichbozlik bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Kunning birinchi yarmida CHirchiq shahrining “SHodlik” MFY hududidagi gimnastika maydonchasida ikkinchi sektor rahbari, shahar prokurori Xayrulla Bo'riev tashabbusi bilan yoshlar o'rtasida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida “Street workout”  bo'yicha “Prokuror kubogi”bo'lib o'tdi. Qiziqarli tarzda o'tgan bellashuvlarda havaskor sportchi-yoshlar o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra,  ”Adolat” hamda “Mirzo G'olib” MFY yoshlari peshqadam  bo'lishdi. G'olib va sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Musobaqaning taqdirlash marosimda CHirchiq shahar prokurori X. Bo'riev g'olib sportchilarni taqdirlar ekan, mamlakatimizda yoshlarimiz uchun jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etibor, yaratilayotgan shart –sharoitlar haqida to'xtalib, mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. SHuningdek, taqdirlash marosimida Xalq deputatlari CHirchiq shahar Kengashi raisi o'rinbosari Ravshan Dastirov va ushbu “SHodlik” mahallasidan saylangan Xalq deputatlari CHirchiq shahar kengashi deputati O'tkir Tojiboevlar ishtirok etishdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa  qilichbozlik zalida Qizil yarim oy jamiyati CHirchiq shahar bo'limi kubogi uchun “Sport hamma uchun” shiori ostida  imkoniyati cheklangan nogiron sportchilar o'rtasida paraqilichbozlik bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. “Adolat” SDP CHirchiq shahar Kengashi, Toshkent viloyati qilichbozlik federaciyasi, CHirchiq shahar Turizm va sport bo'limi, “Adolat” SDPning “Yosh adolatchilar” qanoti Toshkent viloyati Kengashi, CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji,  Qizil yarim oy jamiyati CHirchiq shahar bo'limi bilan hamkorlikda o'tkazilgan ushbu musobaqada sportchilar qilichbozlikning  shpaga yo'nalishida bellashishdi. Ko'taringki ruhda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko'ra erkaklar o'rtasida Doston Davronov birinchi, Muslim Mutalimov ikkinchi, Eldorbek Ergashboev va Obid Norbo'taevlar uchinchi o'rinnlarni egallashdi. Ayollar o'rtasida esa faxrli birinchi o'rin Albina Nuriddinovaga nasib etdi. Ikkinchi o'rinni Setora Qodirova egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinni Tursunoy Abdullaeva hamda Naimaxon Iminjonovalar qo'lga kiritishdi.

Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Musobaqada sektor rahbarlari, “Adolat” SDPning CHirchiq shahar kengashi raisi R. Dastirov,  Qizil yarim oy jamiyati CHirchiq shahar bo'limi rahbari Yunus Rustamov, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi CHirchiq shahar bo'linmasi raisi O'. Tojiboev va boshqalar ishtirok etishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing