So’nggi yangiliklar

19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0 16:07Конор Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнирида иштирок этишини тасдиқлади 0 15:46Олимпиада чемпиони Гейбл Стивсон ММАда дебют қилди 0 15:25"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум 0 15:04Хабиб Нурмагомедов: "Усман Топуриядан кучлироқ" 0 14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0

15 apr 12:54
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchi sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha mamlakat kubogi bahslari o'tkazilmoqda + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
Bugun 14 aprel kuni Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tuman sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2010-2011 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida o'z vazn toifalariga ko'ra g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.  

Takidlash joiz, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, CHiroqchi tuman hokimligi, tuman  sport maktabi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan  O'zbekiston kubogi bellashuvlarida dastlab  tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Qashqadaryo viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanovlar  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng O'zbekiston kubogi bellashuvlariga start berildi. Musobaqa reglamentiga  muvofiq, bugun belbog'li kurash yo'nalishida o'g'il bolalar  11 ta vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida kuch sinashishadi

Musobaqa 16 aprelga qadar davom etadi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing