So’nggi yangiliklar

15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0

06 dek 09:30
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida “Hokim Kubogi” musobaqasi o'tkazildi + FOTO

CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan erkaklar va xotin-qizlar o'rtasida “Hokim Kubogi“” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida  keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, olis va chekka qishloq-ovullarda sportda iqtidori yuqori bo'lgan yoshlarni erta aniqlash va katta sport sari etaklash maqsadida CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan erkaklar va xotin-qizlar o'rtasida “Hokim Kubogi“ musobaqasi bo'lib o'tdi.

CHiroqchi tuman hokimligi, Qashqadaryo viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, O'zbekiston “Adolat” SDPning Qashqadaryo viloyat kengashi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman xalq talimi bo'limi, 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bellashuvlarda tumandagi barcha mahallalardan 200 nafardan ortiq polvonlar ishtirok etishdi.

Bayramona bezatilgan sport zalida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Marosimda so'z olgan CHiroqchi tuman hokimi o'rinbosari O'ktam Abdurahimov va tuman xalq talimi bo'limi mudiri, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining Qashqadaryo viloyat bo'limi raisi Farhod Jumanovlar ishtirokchilarni qutlar ekan, bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor va musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rilgani haqida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilashdi.

SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi. Kun davomida o'tgan murosasiz va qiziqarli bellashuvlarda xotin-qizlar o'rtasida ikkita vazn toifasida, erkaklar o'rtasida esa ettita vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqa yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar CHiroqchi tuman hokimligi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi va uning viloyat bo'limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing