So’nggi yangiliklar

17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0

19 okt 15:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo

Dzyudo va bokschilarimiz qo'shma mashg'ulot o'tkazishdi FOTOGALEREYA

Teglar :  BoksDzyudo
Bugun poytaxtimizdagi BeFit Fitness and Wellness premium sinfidagi sport kompleksida O'zbekiston dzyudo va boks terma jamoalarining qo'shma mashg'uloti tashkil etildi.

Xabaringiz bor, 23 oktyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida karantin keyingi uzoq kutilgan xalqaro dzyudo restarti bo'lib o'tadi. Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirida O'zbekiston terma jamoasining 10 nafar azosi ham ishtirok etadi. Muhim musobaqa oldidan dzyudochilarimiz o'ziga xos mashg'ulot o'tkazishdi. 

Ochig'i, bunday mashg'ulotga avval guvoh bo'lmagan edik. Har ikki federaciya rahbarlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan qo'shma mashg'ulotni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham bevosita sport zalida kuzatib bordi va ancha iliq fikrlarni bildirdi. 

Albatta, dzyudochilar tomonidan aytadigan bo'lsak, bu mashg'ulotning sportchilarimiz uchun foydasi katta bo'ldi. Terma jamoada anchadan beri boks bo'yicha tajribali murabbiy, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsat sport ustozi Abduvali SHomirzaev faoliyat yuritmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Boksdagi raqibga chap berish, tezkorlik, chidamlilik kabi xislatlarni dzyudochilarimiz murabbiy yordamida o'zlashtirib olishdi. Bugungi qo'shma mashg'ulot esa bir necha oy davomida orttirilgan tajribalarini yanada boyitishga xizmat qildi.          

O'ylaymizki, bu mashg'ulotlarning samarasi Budapesht tatamilarida ko'rinadi. Dzyudochilarimiz Vengriyadan medallar shodasi bilan qaytishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing