So’nggi yangiliklar

15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0

26 dek 16:41
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz sportchi-o'quvchilar bilan uchrashishdi FOTOGALEREYA

Bugun poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 243-sonli umumtalim maktabida sportchi-o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbir Xalq talimi vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda dzyudo bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, xalqaro toifadagi hakam Ramziddin Saidov, murabbiylar hamda taniqli dzyudochilar ishtirok etdi. 

"Sport mamlakatni dunyoga yanada tanitishda eng katta vositalardan biri hisoblanadi. Sportchi sabab Olimpiada va jahon chempionatlari, xalqaro musobaqalarda mamlakat madhiyasi yangraydi, bayroq baland ko'tariladi. Bugun sizlar bilan uchrashish uchun bu erga kelgan akalaringiz, yani dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ko'p yillardan beri o'z natijalari bilan yurtimiz dovrug'ini dunyoga yanada yoyishmoqda. Bejizga mamlakatimizda sportga Hukumat darajasida etibor qaratilmaydi. Mana kuni kecha poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" saroyida hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev "Yoshlar Forumi"da ishtirok etdilar. Tadbirda qatnashgan yoshlarning aksariyatini sportchilar tashkil etar edi. Hurmatli Yurtboshimiz kechagi uchrashuvda yana bir bor yoshlarga katta ishonch bildirayotganlari, O'zbekistonning kelajagi aynan ularning qo'lida ekanini alohida takidladilar. Fursatdan foydalanib, siz o'quvchilarga omad, o'zingiz tanlagan sohada ulkan yutuqlarga erishishingizni tilayman", - dedi MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov.  

Takidlash joiz, 243-sonli umumtalim maktabi nafaqat poytaxtimiz, balki respublikamizdagi istedod va iqtidorlar jam bo'lgan ilm maskanlaridan biri hisoblanadi. Maktabda dzyudo, karate, taekvondo, boks singari olimpiya oilasiga mansub sport turlaridan mamlakat hamda xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lgan o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etadi. 

Do'stona, samimiy va juda ham qiziqarli ruhda o'tgan uchrashuvda Diyorbek O'razboev, Hikmatulloh To'raev, Muhammadkarim Hurramov, Bekmurod Oltiboev, Kamoliddin Rasulov, SHoxruh Baxtiyorov, Muzaffar To'raboev o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Ilias Iliadis, Kamol Murodov va Ramziddin Saidov o'zlarining ko'p yillik tajribalaridan kelib chiqib yoshlarga faoliyatlarida as qotadigan tavsiyalar berishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing