So’nggi yangiliklar

20:00Дебютдан чемпионлик жангигача: Хамзат Чимаевнинг UFC’даги беш йили қандай ўтди? 0 19:23Ямал ўз хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози? 0 19:02Мағлубиятсиз одимлаётган проф боксчимизнинг кейинги жанги камар учун бўлади 0 18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0

05 may 14:20
Yangiliklar

Tennis

Endi Marrey va Novak Jokovich besh yildan so'ng yana o'zaro to'qnash kelishadi

Madriddagi qumli qoplamali kortlarda mavsumning navbatdagi "Masters" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning 1/8 finaliga kelib tennis muxlislari oradan besh yil o'tib Jokovich va Marrey o'rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilikka guvoh bo'lishadi. Ushbu bahs turnirning eng qiziqarli uchrashuvi bo'lishi kutilmoqda.

Tennischilar shu vaqtga qadar o'zaro 37 marta to'qnash kelishgan va ularning 25 tasida Novak g'alaba qozongan. 11 ta bahsda esa Marreyning qo'li baland kelgan. Sportchilarning oxirgi uchrashuvi 2017 yilda Qatar Open turniri doirasida bo'lib o'tgan. O'shanda Jokovich 6/3, 5/7, 6/4 hisobida g'alaba qozongandi. 

Endi Marrey Jokovich bilan bo'lajak o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi: "Nazariy jihatdan menda g'alaba qozonish uchun imkoniyat bo'lmasligi mumkin. CHunki u dunyoning birinchi raketkasi va men metall son bilan o'ynayman. Men uchun bu bahs qanday saviyada ekanligimni ko'rish va unga qarshi yana o'ynash uchun ajoyib imkoniyat.

O'tgan yillar davomida biz dunyoning eng yirik turnirlarida ko'plab ajoyib uchrashuvlarni o'tkazdik. Menimcha, biz "Katta Dubulg'a" turnirlarining barchasida finalda o'ynaganmiz, bu erda ham finalda to'qnash kelganmiz. Men uzoq vaqtdan beri Novak bilan uchrashish imkoniga ega bo'lmadim. Hatto bu paydo bo'ladimi buni ham bilmasdim. SHunday ekan, o'yindan zavq olgan holda, unga fantastik kayfiyat bilan kirishaman va bor kuchimni ishga solaman",-deya fikr bildirdi Marrey. 

Tennischilar o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing