So’nggi yangiliklar

08:46"Конор бўлмаганида Хабиб дунё юлдузига айланмаган бўларди" - Кормье 0 08:25Almaty Cadets Asian Cups 2025. Иккинчи кун 13 та медаль қўлга киритдик 0 08:04Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб этиб, 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 07:43Илия Топурия: "Махачев уни "ухлатиб" қўйишимни биляпти. Хабиб ҳам буни тушунади" 0 07:22Гусков билан жанг қиладиган Криловнинг мураббийи: "У Богдан Гусков билан жангни бизнинг розилигимизсиз қабул қилди" 0 07:01Таэквондочиларимиз Кореяда ўтказиладиган учта халқаро турнирда иштирок этади 0 19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0

05 iyu 10:05
Yangiliklar

Kurash

Faxriy polvonlar Vodilda bellashishdi

Farg'ona tumanining so'lim Vodil qishlog'idagi istirohat bog'ida belbog'li kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatda 100 nafardan ortiq faxriy polvonlar belgilangan yosh toifasiga ko'ra kuch sinashishdi.

Aytish joiz, bir kun oldin, yani 1 iyun kuni xuddi shu kurash maydonida belbog'li kurash va kurash bo'yicha respublika ochiq turniri o'tkazilgan edi.

Faxriylar o'rtasidagi chempionatda belbog'li kurash muxlislari qiziqarli, o'ziga xos shiddatli va murosasiz tarzda o'tgan bellashuvlarda umrini belbog'li kurashga bag'ishlagan, o'z davrida hayqirib kurash tushgan va kurash davralarining zo'ri bo'lgan, hamisha bosh sovringa davogar bo'lib, Osiyo va jahonda nomdor bo'lgan polvonlar olishuvini ko'rib, kuzatib, ochig'i zavqlanishdi.

Ayniqsa, yoshi ulug' polvonlarning belbog'li kurashda bo'lgan eng chiroyli usullarni qo'llab, kurash tushishlari ko'pchilikni hayratini oshirgani rost. 

Demak, 50 yoki 70 yoshida yana qayta shohsupaga ko'tarilgan nomdor polvonlar bilan tanishamiz.

46-55 yoshlilar

75 kg.

  1. Sobirjon Mirzadavlatov (Namangan)
  2. Birodar Mahmudov (Farg'ona)
  3. Husniddin Berdibekov (Sirdaryo)
  4. Komiljon To'xtasinov (Farg'ona)

95 kg.

  1. SHuhratbek Isosqov (Andijon)
  2. Ulug'bek Mamatov (Farg'ona)
  3. Erkinjon Egamberdiev (Farg'ona)

3.Zafarjon Ahmedov (Farg'ona)

+ 95 kg.

  1. Nuriddin   G'oziev (Namangan)
  2. Qaxramon Tursunboev (Andijon)
  3. Qodirjon To'ychiev (Namangan)

3.Ergash Mamurov (Jizzax)

56 – 65 yosh va undan kattalar


75 kg.

  1. Abdullajon Mamayusupov (Farg'ona)
  2. Tillaxo'ja Abdullaev (Andijon)
  3. Ahmadjon Baxromov (Namangan)

3.Jamoliddin Rasulov (Navoiy)

95 kg. 

  1. Ravshanbek Isoqov (Andijon)
  2. Nematillo To'ychiev (Namangan)
  3. Mirzaahmad Mamadaliev (Toshkent sh.)

3.Xolmurod Ravshanov   (Navoiy)

+95 kg.

  1. Baxtiyor Yusufbekov (Namangan)
  2. Sultonboy Mirzaev (Andijon)
  3. Xursandboy Teshaboev (Andijon)

3.Azamjon SHokirjonov (Toshkent sh.)

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing