So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

21 sen 08:26
Yangiliklar

Eshkak eshish

Federaciyalarning Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki va tayyorgarligi sarhisobi boshlandi

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan federaciya va associaciyalarimizning musobaqadagi ishtiroki va tayyorgarliklarini tahlil qilishga bag'ishlangan hisobotlar boshlandi.

Dastlab O'zbekiston ROWING&CANOE federaciyasi bilan mazkur masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov, O'zbekiston ROWING&CANOE federaciyasi bosh kotibi Vyacheslav Didrix, Suv sporti turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylari ishtirok etishdi.

Dastavval, ushbu sport turining ommaviyligini oshirish, moddiy-texnik bazaning viloyatlar kesimidagi holati tahlil qilindi. Qayd etish joiz, eshkak eshuvchilarimizning ham Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi: federaciya talabnomasiga ko'ra Portugaliya va Polshadan zamonaviy qayiqlar xarid qilindi, uzluksiz mahalliy hamda xorijiy yig'inlar tashkil etildi. Biroq yakunda 4 nafar sportchigina licenziya qo'lga kirita oldi xolos. SHu bois yig'ilish anchagina tanqidiy ruhda o'tdi.

“Haqiqatdan ham, sportchilarimizning tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Tayyorgarlik davri uchun tuzgan strategiyamiz o'zini oqlamadi. Qolaversa, sportchilarimizda g'oliblik ruhi etishmadi va yoshlarimizda tajriba kamlik qildi. Bundan katta xulosa chiqardik. Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlanishda yo'l qo'ygan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz”, – dedi Vyacheslav Didrix.

Mutasaddilar tomonidan murabbiylar shtabi bilan qayd etilgan natijalarni yanada chuqur tahlil qilish, selekciya ishlarini kuchaytirish va kuchli zaxira sportchilarini tarbiyalash bo'yicha kerakli topshiriqlar berildi. SHuningdek, Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorgarlik rejalari ham muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing