So’nggi yangiliklar

17:29Боксчиларимизнинг Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:17Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин 0 16:52Менеджер Арман Царукяннинг UFC’даги эҳтимолий рақибини айтди 0 16:28Ислам Махачев UFC`да суперюлдузлар йўқлигини изоҳлади 0 16:07Белбоғли кураш дунё бўйлаб қулоч ёзмоқда 0 15:46"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди 0 15:25Рамазон Темировнинг вазнида муҳим рейтинг жанги эълон қилинди 0 15:04Пара велоспортчиларимиз Жаҳон чемпионатида Осиё жамоалари орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:43Арман Царукянни ўзбек палови билан меҳмон қилишди + ВИДЕО 0 14:22"Ливерпуль" рекорд ўрнатди 0 14:09Бокс бўйича Жаҳон чемпионати Ўзбекистонда жонли эфирда намойиш этилади 0 14:01Ўзбекистон спорт делегацияси Туркий давлатлар Универсиадасига йўл олди 0 13:40UFC юлдузи Ислам Махачев қай ҳолатда фаолиятини якунлашини айтди 0 13:19US Open турнирида 1/4 финал жуфтликлар маълум 0 12:58Алексис Санчес Ла Лигага қайтди 0

06 noy 16:38
Yangiliklar

Engil atletika, Boshqalar

“Fun Run” musobaqasi o'zbek sportining yosh yulduzlarini birlashtirdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Fun Run
Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yosh sportchilarimiz uchun katta bayram – “Fun Run” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi. Yuzlab sportsevar yoshlarni birlashtirgan tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

Dastab Markazning yopiq manejida poyganing ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov so'z olishdi. 

Mutasaddilar bu kabi ommaviy musobaqalarning o'tkazilishi yoshlar orasida sog'lom turmush tarzi targ'iboti, o'zaro do'stona aloqalarni mustahkamlash yo'lida muhim ahamiyat kasb etishini takidladilar va barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

“Fun Run” ommaviy yugurish musobaqasi har bir Osiyo o'yinlari oldidan muntazam o'tkazib kelinadigan tadbir hisoblanadi. Bunday loyihalarni tashkil etishdan maqsad butun qitada bo'lajak musobaqaning shukuhini yoyish, sportsevar insonlarni bir maqsad ostida birlashtirishdan iborat.

Bugungi tadbirda yosh sportchilar Markaz bo'ylab 3 km masofani bosib o'tishdi. Poyga yakunida g'olib va sovrindorlarga tashkiliy qo'mitaning esdalik sovg'a va medallari taqdim etildi. Osiyo Olimpiya kengashi mutasaddilari ushbu bayramni yuqori baholab, uni tashkil etishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirishdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing