02 sen 13:40
Yangiliklar

UFC yulduzi Islam Maxachev qay holatda faoliyatini yakunlashini aytdi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, ayni damda u bu haqda bosh qotirmayapti. SHuningdek, Islam faoliyatini yakunlash uning yoshiga bog'liq bo'lmasligini ham takidladi.
"Ketishimning sababi yoshimga bog'liq bo'lmaydi. Zaiflasha boshlaganimni his qilsam, sparring sheriklarimga kuchim etmayotganini sezsam, keyin siz aytgan mavzuda o'ylay boshlayman.
Umuman olganda, agar hozir tugatsam, nima bilan shug'ullanaman? Uch-to'rt oy bekor o'tirsam, qornim och qoladi. O'zimni zaldan tashqarida his qila olmayman. Hayotim kurash zali bilan bog'lanib ketgan. Men bir umr shu ish bilan shug'ullandim. Hozircha ketish haqida o'ylamayapman", - deya Maxachevning so'zlarini keltiradi UDAR telegram-kanali.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 322 turnirining asosiy jangida yarimo'rta vazn chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar