So’nggi yangiliklar

14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0 14:22Ўн бир нафар дзюдочимиз Осиё чемпионатининг медаллари учун татамига чиқади 0 14:01Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин 0 13:40Иноуэ тарозида Муроджондан оғирроқ тош босди 0 13:19Дэвис Кубоги: Гонконг — Ўзбекистон баҳсининг биринчи кунидан кейин тенглик 0 12:58Икки карра Олимпиада чемпиони Арлен Лопес проф боксдаги 6-жангини ўтказди 0 12:37"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди 0 12:16Спорт курашлари бўйича жаҳон чемпионати старт олмоқда. Бугун икки эркин курашчимиз иштирокимизни бошлайди 0 11:55Ботир Аҳмедов Наоя Иноуэ қандай ҳолатда Аҳмадалиевга ютқазиши мумкинлигини айтди 0 11:34Grand Swiss 2025. Абдусатторов чемпионлик учун курашяпти, Гукеш 82-ўринга тушиб кетди 0 11:13Микель Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди" 0 10:52Бугун Фазлиддин жаҳон чемпионлиги, қолган 5 боксчимиз финал чиптаси учун рингга чиқади 0 10:31Арман Царукян бир ҳафтадан кейин жанг қилади, рақиб маълум 0 10:10Спорт федерацияларининг Олимпия шаҳарчасидаги жойлашуви муҳокама қилинди 0 09:49Легионерлар: Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса... 0

13 sen 11:34
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov chempionlik uchun kurashyapti, Gukesh 82-o'ringa tushib ketdi

Samarqand shahri mezbonligida o'tayotgan umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasida 8-tur ortda qoldi.

Nodirbek Abdusattorov (2748) qora donalarda kelib chiqishi hindistonlik AQSH vakili Mishra Abhimanyu (2611) bilan murosasiz kechgan bahs yakunida durangga imzo chekdi. Grossmeysterlar taxtada faqat ikkita shoh qolgunicha o'ynashdi. Nodirbek Yakubboev (2681) qora donalarda yana bira amerikalik shaxmatchi Endi Vudvord (2557) bilan murosaga keldi. Javohir Sindarov (2722) ham bu turda qora donalarda o'ynadi. U hindistonlik Puranik Abhimanyu (2640) bilan durangga rozi bo'ldi. 

OPEN guruhining 8-turidagi yagona g'alabamizni Abdumalik Abdisalimov qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan germaniyalik Frederik Sven (2643) ustidan chiroyli g'alabaga erishdi. SHamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov raqiblari bilan durang o'ynashga bo'lsa, Ortiq Nig'matov hamda Muhammadzohid Suyarov mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. 

Ortda qolgan 8-turdan so'ng germaniyalik Mattias Blubaum va Nihal Sarin 6 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlikni davom ettirishyapti. Har ikki shaxmatchi ham 8-turda durang qayd etishdi. Mishra Abhimanyu, Parham Maqsudlu, Alireza Firuzdja, Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Keymer, Anish Giri, Hans Niemann va Van Forest hisobida 5,5 ochkodan bor. Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni saqlab qoldi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Domaradju musobaqani omadsiz o'tkazyapti. Hindistonlik toj egasi 82-pog'onada bormoqda.      

WOMENS, yani ayollar guruhida bu turda hamyurtlarimizdan birgina Umida Omonova (2252) g'alaba qozondi. U reytingda o'zidan biroz yuqoriroqda borayotgan polshalik Klaudio Kulon (2361)ni mag'lubiyatga uchratdi. Afruza Hamdamova (2409) 8-turda oq donalarda armanistonlik Elina Danielian bilan murosaga keldi. Gulruhbegim Tohirjonova (2372), Guldona Karimova, Madinabonu Xalilova tajribali raqiblari bilan durang o'ynashdi. 

Afruza Hamdamova 9-tur oldidan turnir jadvalida 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'rinni egallab turibdi. FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan rossiyalik grossmeyster Katerina Lagno (2505) 6,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Guldona Karimova 4 ochko bilan 28-o'rinni band etgan bo'lsa, 3,5 ochkoga ega Gulruhbegim Tohirjonova 36, Madinabonu Xalilova 37, Umida Omonova 42-pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing