So’nggi yangiliklar

14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0

09 fev 14:41
Yangiliklar

Boshqalar

Gruziya bilan sport sohasidagi aloqalar yanada mustahkamlanadi

Teglar :  Gruziya
Gruziya sporti jahonda o'zining nomdor vakillari bilan tanilib ulgurgan. Ayniqsa, dzyudo, sport kurashlari, og'ir atletika kabi sport turlarida ushbu mamlakat kuchli maktabga ega.

Gruziyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zurab Abdushelishvili, Gruziya taekvondo federaciyasi vice-prezidenti Roin Varshanidze hamda delegaciya vakili Aleksandr Kipianidan iborat mehmonlar MOQ raisi qabulida bo'lishdi.

Mehmonlar MOQga tashrifdan avval O'zbekiston taekvondo associaciyasida ham bo'lishganini alohida aytib o'tish joiz. Boisi, ushbu mamlakat taekvondochilari hamyurtlarimiz bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlash arafasida turibdi. Associaciyaga tashrif davomida mehmonlar O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi, mashg'ulot zallari bilan yaqindan tanishdilar.

MOQda bo'lib o'tgan uchrashuvda Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosarlari O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov hamda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov ishtirok etishdi. Do'stona kechgan suhbatda yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish, hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

“Gruziya bizning sportchilar uchun juda ahamiyatli. Ko'plab sport turlarida jamoalarimiz u erga o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun tez-tez borib turishadi. Jumladan, hozirda qilichbozlarimiz Gruziyada bo'lib turishibdi. Yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida sportga alohida etibor qaratiladi. Mamlakatimiz taraqqiyotida 5 muhim tashabbusning biri aynan jismoniy tarbiya va sportni qamrab oladi. SHu o'rinda, kelajakdagi hamkorligimiz yo'lida memorandum imzolash taklifini ilgari surmoqchimiz”, – dedi MOQ raisi.

Suhbat davomida mehmonlar jamoalarimiz uchun Batumi shahrida yig'in tashkil qilish bo'yicha takliflarini bildirishdi. O'z navbatida, elchi janoblari bir necha oy muqaddam O'MY uchun Toshkentga kelgan dzyudo bo'yicha Gruziya terma jamoasi iliq qabul qilingani uchun MOQ mutasaddilariga tashakkur aytib o'tdi. Tashrif davomida mehmonlar MOQ muzeyida bo'lib, o'zbek sportining boy tarixi bilan yaqindan tanishishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing