So’nggi yangiliklar

11:22Тошкентда ўтган Octagon 75 турнири бонуслари кимларга берилгани маълум 0 11:01Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор 0 10:40Порье фаолиятини нима сабабдан якунлаётганига изоҳ берди 0 10:19Аввал Рамазон Темиров, энди эса Абу-Даби турнирининг co-main event жанги бекор қилинди 0 09:58Олимпиада-2028 теннис мусобақасининг санаси маълум 0 09:37Терма жамоамиз ҳимоячиси яна БАА чемпионатига қайтди 0 09:16Умида Омонова FIDE Жаҳон кубоги учинчи босқичининг энг яхшиси деб топилди 0 08:5512 нафар таэквондочимиз Бутунжаҳон Универсиада ўйинларида иштирок этади 0 08:34Богдан Гусковнинг бразилиялик жамоадоши Россия фуқаролигини олмоқчи 0 08:13Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди 0 07:52Нурсултон Рўзибоев октагонга чиқадиган UFC 319 турнири учун яна бир катта жанг қўшилди + ПОСТЕР 0 07:31Бугун таэквондочиларимиз "Korea Open" турниридаги юришини бошлайди 0 18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0

26 noy 11:19
Yangiliklar

Kurash

Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Jizzax viloyatida belbog'li kurash bo'yicha o'smir yigit va qizlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tayotganligi haqida avval xabar bergan edik.

CHempionat doirasida Jizzax viloyati hokimligida Tatariston Respublikasi sport vazirligi va hokimiyat vakillari hamda OAV xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda tomonlar ommaviy sport turlarini rivojlantirish, xalqaro toifadagi sport ustalari va sportchilar tayyorlash, ayollar o'rtasida sport turlarini ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga batafsil malumot berishdi.

Jumladan, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev yurtimizda, xususan, Jizzax viloyatida sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, bunyod etilayotgan yangi sport- sog'lomlashtirish maskanlari haqida gapirib berar ekan, bularning barchasi yurtimizda sportni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida etibor qaratilayotgani bilan bog'liq ekanini takidladi.

O'z navbatida Tatariston Respublikasi sport vazirining birinchi o'rinbosari Xalil SHayxutdinov o'z yurtida sportning bugungi kundagi rivoji, sport maktablarining faoliyatini yo'lga qo'yishda qaysi jihatlarga etibor qaratgani haqida gapirar ekan, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni ham yuqori baholadi.  

Tadbir doirasida Jizzax viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi sport vazirligi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish bo'yicha Memorandum imzolandi.

Memorandumni viloyat hokimi Ergash Saliev va Tatarston Respublikasi Sport vazirining birinchi o'rinbosari Xalil SHayxutdinov imzolashdi.

SHuni alohida takidlash kerakki, imzolangan Memorandum xalqlar o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash, yoshlar siyosati, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Jumladan ikki tomonning kelishuviga asosan davlat tashkilotlari, talim muassasalari, federaciyalar va boshqa sport tuzilmalari o'rtasida ommaviy sport turlari, nogironlar sporti, elita sporti va sport bo'yicha kadrlarni tayyorlash yo'nalishlarda o'zaro manfaatli dasturlar, tajriba va malumotlar almashinuvi yo'lga qo'yiladi.

SHuningdek, memorandum doirasida hamkorlarda har yili Jizzax viloyati va Tatariston Respublikasida belbog'li kurash bo'yicha bittadan (xalqaro miqyosda) musobaqa o'tkazilishi rejalashtirib olindi.

Tadbir so'ngida viloyat hokimi Jahon chempionatida mukofot jamg'armasi uchun qo'yilgan 56 000 AQSH dollaridan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - ikkita "Kobalt" avtomobili ham o'z sohiblarini kutayotganini elon qildi.

Alimurod MAMADAMINOV, Ilhom RAHMONOV, Jizzax viloyatidan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing