11 iyu 09:26
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U 20) o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Qita birinchiligida yunon-rum kurashi musobaqasi yakuniga etdi. O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ummumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi. Klassiklarimizning yagona oltin medalini -72 kg vaznda kurashgan Ahmad Qodirov qo'lga kiritdi.
Sovrindor yunon-rum kurashchilarimiz:
Oltin medal
-72 kg: Ahmad Qodirov
Kumush medallar
-67 kg: Fayozbek Eshmirzaev
-82 kg: Azimjon Soatullaev
-130 kg: Amirxon Berdiqulov
Bronza medallar
-60 kg: Xurshidbek Normuhammedov
-87 kg: Bobur Abdurasulov
Havola :
Fikrlar