So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

01 iyu 07:22
Yangiliklar

Ot Sporti

Jahon chempionati sari bir qadam

Teglar :  Ot sporti
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan “Jumping CSIO1*-W World Cup Eurasian League” va “FEI Jumping Nations Cup” musobaqalari terma jamoamiz uchun tarixiy natijalar bilan yodda qoldi.

Boisi ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham Gran-pri, ham jamoaviy yo'nalishda bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.

O'zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi davlatlarning sara chavandozlari ishtirokidagi mazkur bellashuvlar so'nggi kunida jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Takidlash joiz, Millatlar kubogida jamoamiz hech qachon ketma-ket ikki bor, shuningdek, bir bosqichda ham Gran-pri, ham jamoaviy yo'nalishda g'alabaga erishmagan. 

Eslatib o'tamiz, bundan avval Toshkentda o'tkazilgan bosqichda ham chavandozlarimiz tengsiz bo'lishgan edi.

Oldinda sportchilarimizni Rossiya va Qozog'istonda o'tadigan bosqichlar kutib turibdi. Ushbu bosqichlardan birida jamoamiz yana bir g'alabaga erishadigan bo'lsa, Barselonada dunyoning eng kuchli 8 sakkiz jamoasi ishtirokida kechadigan jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

SHubhasiz, bunday g'alabalar hukumatimiz, shaxsan yurtboshimizning sportni har tomonlama rivojlantirish va uni qo'llab-quvvatlashga qaratayotgan etiborlari natijasidir. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing