So’nggi yangiliklar

19:10"ММА (UFC) 10–15 йил ичида дунёдаги энг йирик спорт турига айланади" - Сехудо 0 18:45Хамзат Чимаев аниқ зарбалар бериш бўйича UFC рекордини ўрнатди 0 18:24Чимаев октябрда Абу-Дабида жанг қилишга тайёр 0 18:01Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак" 0 17:40"Умид қиламан". Чимаев Топурия ва Царукян жанги ҳақида гапирди 0 17:21Хамзат Чимаев Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:00Уч дзюдочимиз "Russian Judo Tour" мусобақасида шоҳсупага кўтарилди, Сарсенбаев чемпион бўлди! 0 16:39Дю Плесси мағлубиятдан сўнг: "Хамзатнинг назорати ақлбовар қилмас даражада. Ҳеч нарса ўхшамади" 0 16:17"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди 0 15:55Уайт Жон Жонс Оқ уйдаги турнирнинг асосий жангида чиқишини истамайди 0 15:27Дрикус дю Плесси UFC’да илк мағлубиятини қабул қилиб олди 0 15:02Уайт Чимаевнинг навбатдаги жанги ҳақида: "Албатта Абу-Даби ҳақида ўйлаб кўрдим" 0 14:39Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди 0 14:16ММА юлдузларининг Чимаев — Дю Плесси жангига муносабати 0 12:53Боксчиларимиз Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати олдидан Англиянинг ўзида йиғин ўтказишади 0

01 iyu 16:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Jervonta Devisning Meyvezer bilan hamkorlikdagi "ertagi" tugadi. Yakuniy jang qay tarzda o'tdi?

Endilikda "Tank" - erkin agent. Bu nokautchi mashinani kim kashf qilgan edi?

Bizning vaqt bilan 29 may tongida Nyu-York shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. Unda engilmas pancher Jervonta Devis va Rolando Romeroning chempionlik jangi ham o'rin olgan edi. O'rtaga Devisning engil vazndagi WBA chempionlik kamari qo'yilgandi. Bu vaqtda Romero xuddi shu vaznning vaqtinchalik chempioni edi (hozir ham shunday).

Ikkala jangchining ham stasitikasi havas qilsa arzigulik. Jervonta 26 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan, janglarining 24 tasini nokaut bilan yakunlagan. Rolando ham janglarining barcha - 14 tasida g'alabaga erishgan. 14 ta jangining 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgandi. 

SHu boisdan ham ularning jangi uzoqqa cho'zilmasligini taxmin qilish mantiqan to'g'ri edi. Bu ham etmagandek, vazn o'lchash marosimida Devis Romeroni sahnadan itarib yubordi, tabiiyki bu holat janjal kelib chiqarishiga oz qoldi. Tashkilotchilarning muvaffaqiyati ularning barcha muammolarini ringda hal qilishlariga qo'yib berganidadir.

Jang bir hil scenariy asosida o'tdi. Rolando birinchi raqamli bo'lib harakatlandi, Devis esa ring bo'ylab qochib yurdi. Ammo vaziyat bo'lganida, undan shunday foydalandiki, kuchsiz zarbalari ham Romeroni qiynab qo'ydi. Avvaliga Jervonta qarshi hujumda yaxshi jang qila olmagan bo'lsa-da, tashabbusni o'z qo'liga ola bildi. Takidlash joizki, "Tank" birinchi raqamli Rolliga qaraganda yaxshiroq jang o'tkazdi.

Romero o'z hisobiga yozdirgan yagona raund bu — ikkinchi raunddir. Aynan shu raundda Romero Devisni "klinch"ga kirishga majbur qila oldi. Hatto Devisni nokdaunga uchrata oldi, garchi hakam nokdaunni hisobga olmagan bo'lsada. Qisqa qilib aytganda, Jervonta hali ham Romeroga qarshi tura olishini isbotlay oldi.

Beshinchi raund avvalida Devis jangda o'z nazoratini o'rnatgandek bo'ldi va shu zahoti raqibiga og'ir hamda kuchli zarbalar yo'llay boshladi. Rolando jang yarmiga etganida ham o'z mahoratini ko'rsatishda tavakkal qilishga qo'rqayotgan edi.

Barchasi oltinchi raundda hal bo'ldi. CHempion bu jangga barcha narsasini tikkan edi. Rolando chap tarafdan xuk zarbasini o'tkazib yuborib yiqildi va sakkizinchi soniyada o'rnidan turdi. Biroq referi uning jangni davom ettirishiga yo'l qo'ymadi.

Etiborlisi, bu "Tank" uchun Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasidagi so'nggi jangi edi. Devis jahon chempionligini, qolaversa, obro'sini saqlab qoldi. Bu Jervonta uchun faoliyati davomidagi 27-jangda qo'lga kiritilgan 25-nokautli g'alaba bo'ldi. Ajoyib raqamlar shunday emasmi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing