13 avg 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov: "Bu Amerika - shunday bo'lishini bilardim"
O'zbekistonlik prof bokschi, yarmi o'rta vaznda WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov yo'nalish chempioni Rolli Romeroning u bilan jangdan qochayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Bu Amerika. Har doim buni aytib kelganman. Bilardim shunday bo'lishini. Biz u erda mehmonmiz. Baribir u erda o'z gapimizni o'tkaza olmaymiz. Xohlagan ishini qilishadi. Men ikki yildan buyon davogarman, lekin jang berishgani yo'q. Bundan xafa bo'lish yo'q. Maqsadimiz aniq. Mehnatni har doim qilamiz. Hozir bular imkoniyatni olib qo'yishi yoki vaqtinchalik cho'zishi mumkin, lekin peshonamga yozilgan bo'lsa, baribir olaman. Meniki bo'lgan narsa mendan qochib keta olmaydi. Meniki bo'lmagan narsa esa menga berilmaydi, kerak emas ham", deydi G'iyosov.
Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar