17 avg 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Drikus dyu Plessi UFC’da ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
CHikagoda bo'lib o'tgan UFC 319 turnirida janubiy afrikalik jangchi Drikus dyu Plessi Xamzat CHimaevga mag'lub bo'ldi va kamarini boy berdi.
Dyu Plessi uchun bu UFC’dagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Umumiy hisobda esa bu professional faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyat. Oldingi ikki mag'lubiyati UFC’ga qadar bo'lgan va so'nggisi 2018 yil oktyabrida qayd etilgan. Dyu Plessi hisobida 22 ta g'alaba mavjud.
Xamzat CHimaev esa MMAdagi 15-g'alabasiga erishdi va haligacha mag'lubiyatsiz bo'lib qolmoqda.
Havola :
Manba : MMA Today
Fikrlar