17 avg 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"MMA (UFC) 10–15 yil ichida dunyodagi eng yirik sport turiga aylanadi" - Sexudo
UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Genri Sexudoning aytishicha, MMA sporti yaqin 10–15 yil ichida butun dunyodagi eng yirik sport turiga aylanadi.
"Hozirgi paytda menimcha, UFC — aralash jangovar sport turi — kelgusi 10–15 yilda dunyodagi eng yirik sport turiga aylanadi. Hatto futbol, NFL yoki butun dunyodagi futboldan ham mashhur bo'ladi. CHunki bu erda jamoa emas, balki shaxsiy jangchilar qatnashadi. Bu urushga o'xshaydi. Qanday qilib jamoaviy emas, balki shaxsiy kurash asosiga qurilgan, butun bir mamlakat qo'llab-quvvatlaydigan sport turi odamlarga yoqmasligi mumkin?" — deya Sexudoning so'zlarini keltirmoqda TMZ.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar