17 avg 17:00
Yangiliklar
Dzyudo

Uch dzyudochimiz "Russian Judo Tour" musobaqasida shohsupaga ko'tarildi, Sarsenbaev chempion bo'ldi!
Rossiya Federaciyasining Krasnoyarsk shahrida dzyudo bo'yicha ananaviy "Russian Judo Tour" turniri o'tkazildi.
Ivan Yarigin nomidagi sport saroyida o'tgan nufuzli musobaqada mezbonlardan tashqari o'ndan ortiq davlatdan kelgan dzyudochilar bir nechta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi.
Yurtimiz sharafini 5 dzyudochimiz himoya qildi va ulardan 3 nafari yakunda o'z vaznlarida shohsupaga ko'tarildi. -100 kg vaznda kurashgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Ernazar Sarsenbaevga teng keluvchi raqib topilmadi. U final bahsida rossiyalik Asan Augalievni mag'lubiyatga uchratdi. Sevinch Isoqova (-63 kg) kumush, Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar