So’nggi yangiliklar

19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0 19:11Андижон “Uzbekistan Judo Tour”да кучлилар аниқланди 0 18:50Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди 0 18:29"UFC мени ҳурмат қилмаяпти" - Хукер 0 18:08U-19 жаҳон чемпионати. 1/8 финалдан ўрин олган Ўзбекистон - Италия ўйини кутилганидан тез якунланди 0 17:41Икки кишининг ўлимига сабаб бўлган Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси 10 йилга қамалиши мумкин (+ВИДЕО) 0 17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди, унинг мураббийи вазиятга изоҳ берди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0

07 mar 11:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Kanelo yarimog'ir vazndagi eng kuchli jangchi kimligini aytdi

Saul Alvares raqibini yarimog'ir vaznda eng kuchli bokschi deya takidladi.

Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares yana bir bor nima uchun navbatdagi raqib sifatida yarimog'ir vaznda WBA chempioni Dmitriy Bivolni tanlagani haqida gapirdi. 

Yaqinda Alvares Eddi Xirn va DAZN bilan may, sentyabr oylarida ikkita: Bivol va Gennadiy Golovkin bilan jang tashkillashtirish bo'yicha kelishuvga erishilganini aytgandi. 

"Bivolni tanladim, sababi u yaxshi jang qiladi. Fikrimcha, u yarimog'ir vazndagi eng zo'ri va va u ringda menga yaxshi qarshilik ko'rsata oladi. Men o'z faoliyatimni tarixga muxrlamoqchiman, u bilan jang — buning uchun yaxshi imkoniyat.

U haqiqaqatda yaxshi jangchi. Men uning janglarini ko'p marta tomosha qilganman. U haqiqatdan ham kuchli. U ringda nima qilish kerakligini biladi. Uni havaskorlar boksida anchagina tajribasi bor. Men uning nimalarga qodirligini bilaman, lekin bu muhimi emas. Men faoliyatimning cho'qqisidaman va ko'p narsaga qodirman", - deya jurnalistning savoliga javob bergan edi Alvares.

SHuningdek, Alvaresdan bu yil u bilan jang qilmoqchi bo'lgan bokschilar bo'yicha malumot berishni so'rashdi, garchi ism-shariflar aytilmagan bo'lsa-da, Alvaresga Premier Boxing Champions tomonidan Jermall CHarlo va Devid Benavides bilan jang o'tkazish taklif qilingan.

"Bandman, juda bandman, shuning uchun kechirasiz. Aytganimdek, ular pul uchun jang qiladi, buni bilaman, lekin tushunmayman, nima uchun ular bir-biri bilan jang qilmaydi? Ular bir-biri bilan jang qilishi kerak, men esa g'olib bilan jang qilaman. Menga g'olib kim bo'lishining farqi yo'q", - deya qo'shimcha qilgan meksikalik bokschi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
07 mar 15:13:40
CHELSEA2211
Beterbayev...
   
07 mar 13:30:37
WORKOUT
Yarim og'ir vaznda eng zo'ri Beterbiev
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing