So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

30 iyu 18:29
Yangiliklar

Boks/MMA

"UFC meni hurmat qilmayapti" - Xuker

Teglar :  Den Xuker
Yangi Zelandiyalik UFC jangchisi Den Xuker promoushen bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida gapirdi.

Bu vaziyat tufayli u sentyabrda Pertdagi UFC turnirida ishtirok etish rejasidan voz kechgan.

Xukerning aytishicha, u jamoadoshi Kay Kara-Fransni qo'llab-quvvatlash uchun UFC 317 turniriga borgan, biroq oxirgi paytda tashkilot tomonidan uning chiptalari bekor qilingan.

"Meni qandaydir tadbirga jalb qilishdi va ertalab soat 7:30 da uyg'otishdi. Bu vaqtda Yangi Zelandiyada tungi soat 3 edi. Erta yotganman, lekin soat 3 da uyg'onishga rozi emasman. Uyg'onolmadim va UFC tadbiriga bormadim. SHu payt ular mening Kayning jangi uchun berilgan chiptalarimni bekor qilishdi.

Endi shunday chiqyaptiki, men jarohat bilan jang qilishim kerak, faqatgina men uchun chipta bermay qo'ygan tashkilot uchunmi? Jang qilardim, lekin kimdir ofisida o'tirib mening nomimni ro'yxatdan o'chirib tashladi.

Sen ofisida ishlaysan, og'ayni. Men esa oktagonda. SHou uchun o'z jonini xavfga qo'yadigan sportchilarga o'zgacha hurmat bo'lishi kerak. Men qancha qon, ter va ko'z yoshi to'kdim, lekin hurmatga loyiq emas ekanman. Mayli, biznes bo'lsa, biznes. Demak, endi jangni o'z shartlarimda olib boraman. Meni hurmat qilmaydigan kompaniya uchun belimni sindirib o'tirmayman", – dedi Xuker Submission Radio'ga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing