30 iyu 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xamzatdan qochish kerak emas". UFC sobiq chempioni Dyu Plessiga maslahat berdi
UFC sobiq chempioni, hozirda sharhlovchi va tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan britaniyalik Maykl Bisping Drikus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasidagi to'qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Dyu Plessining bir nechta jiu-jitsu bo'yicha qora kamar sohiblaridan iborat jamoa bilan jang qilib, ularni birma-bir enggan videosi bor. U katta, kuchli va ajoyib dzyudo mahoratiga ega.
CHimaevning Uittaker bilan nima qilganini ko'ring. Usmanga nimalar qilganini ko'ring. Albatta, Usmanning eng yaxshi kunlari o'tib ketgan, deyish mumkin, lekin u Xoakin Bakliga qarshi ham juda kuchli ko'rindi. U hali ham formada. CHimaev mana shunday darajada kuchli.
Agar siz undan qochishni rejalashtirsangiz, faqat shunga vaqt sarflaysiz. U baribir sizni qo'lga oladi. Baribir yuzma-yuz jang qilish kerak. Uni o'zining uslubida engishga harakat qiling", – dedi Bisping ESPN efirida.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar