So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

28 apr 16:28
Yangiliklar

Karate

Karatechilarimiz Portugaliyadagi Premer-Liga musobaqasiga yo'l olishmoqda

Teglar :  Karate
Bugun tunda karate WKF bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya safariga jo'nab ketadi.

Vakillarimiz 30 aprel – 2 may kunlari Lissabon shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi Premer-liga musobaqasida ishtirok etishadi. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov safar oldidan terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi. Suhbat davomida MOQ raisi karatechilarimizning kayfiyati va holati haqida suhbatlashdi. 

“Licenzion musobaqaga ham oz vaqt qoldi. Bu turnir Parijda o'tadigan musobaqaga tayyorgarlik bo'ladi. Jang payti o'zingizda kichik jarohat sezsangiz, darhol musobaqadagi ishtirokni to'xtating. Asosiy etiborimiz Olimpiadaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beradigan musobaqaga qaratiladi. Bu borada hukumatimiz barcha kerakli sharoitlarni yaratib bermoqda. Biz bunga o'z g'alabalarimiz bilan javob berishimiz lozim. Tayyorgarlik bilan bog'liq qanday sharoitlar kerak bo'lsa, biz yaratib beramiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.


Tashrif davomida MOQ rahbariyati karatechilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaning sharoitlarini ko'rib chiqdi. Yakunda mutasaddilar sportchilarimizga omad tilab, safar davomida salomatliklariga etiborli bo'lishlarini takidlashdi.


Malumot uchun, Lissabon turnirida yurtimiz sharafini Sadriddin Saymatov (-60 kg), Doston Otabolaev (-75 kg), Bahriniso Babaeva (-50 kg) va Sevinch Rahimova (-55 kg) himoya qilishadi. Iyun oyida Parij shahrida karate bo'yicha Tokio-2020 Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beruvchi musbaqa bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Lissabon turniri mazkur musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi vazifasini o'tab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing