So’nggi yangiliklar

09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0

22 iyu 17:33
Yangiliklar

Karate

O'zbekistonlik shinkiokushinkay karatechilar Markaziy Osiyoda birinchi bo'lishdi

20-21 iyun kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida shinkiokushinkay karate bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin shinkiokushinkay karatechilar bir nechta yosh va vazn toifalarida g'oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini Mutal Nazarov boshchiligidagi NURHAS karate markazi tarbiyalanuvchilari himoya qilishdi. 

Karatechilarimiz 10 ta oltin, 3 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida birinchi o'rinni egallashdi. Ruxshona Hamroeva, Muhammadali Nazarov, Muhammadsodiq Bekulbekov, Oleg Magdyuk, Temur Erkinov, Madina Ro'zimova, Saida Risqulova, Laylo Davronova, Odilbek Olimboev va Dostonbek SHaripov o'z vazn toifalarida oltin medallarni qo'lga kiritishdi.  

Uch nafar sportchimiz - Ozodbek Abduraupov, Abdulfayz Anvarov va Muhammad Amin Sultonov kumush medallarni qo'lga kiritishdi.

Endi Hasan Nazarov boshchiligida O'zbekiston SHinkiokushinkay karate markazi "NUR-HAS" tarbiyalanuvchilari 27-29 iyun kunlari Qozog'iston poytaxtida 30 ga yaqin davlat sportchilari o'rtasida o'tkaziladigan Astana Open-2025 turnirida ishtirok etishadi. 

SHuningdek, 1-3 iyul kunlari Vengriya davlatining Solnok shahrida o'smirlar, yoshlar, kattalar va faxriylar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatida ham Mutal Nazarov boshchiligida karatechilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.  

14-23 iyul kunlari esa poytaxtimizda xalqaro seminar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Qozog'istondan kelgan murabbiy va sportchilar xalqaro tajribalarini oshirib olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing