So’nggi yangiliklar

09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0

13 iyu 18:46
Yangiliklar

Karate

Mutal Nazarov jahon chempionatida hakamlik qildi

O'zbekiston SHinkiokushinkay karate NUR-HAS markazi murabbiyi, qora belbog' 5-DAN sohibi Mutal Nazarov dunyoning 48 nafar referisi qatorida jahon chempionatida hakamlik qildi.

Uch kun davomida Yaponiya poytaxti Tokio shahri fulkontakt karate bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Ushbu dunyo birinchiligida O'zbekiston nomidan Mutal Nazarov hakam sifatida taklif etildi. 

Nazarovning xabar berishicha, bugungi kunda 10 millionga yaqin kishi ushbu sport turi bilan shug'ullanib kelmoqda va shu yilning o'zida O'zbekiston yangi Fulkontakt karate federaciyasi ochilishi rejalashtirilyapti. 

NUR-HAS markaziga oid yana bir yangilik, Navoiy shahrida viloyat hokimi kubogi uchun musobaqa o'tkazildi. Ushbu turnir oldidan xalqaro seminar ham tashkil etilib, unda qo'shni Qirg'iz Respublikasidan kelgan sportchilar ishtirok etdi. 

Bundan tashqari, NUR-HAS markazi tarbiyalanuvchilari 20-21 iyun kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkaziladigan shinkiokushinkay karate bo'yicha xalkaro turnirga tayyorgarlik ko'rishyapti. 28-29 iyun kunlari esa Qozog'istonning Astana shahrida ham xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. 

SHuningdek, 1-3 iyul kunlari Vengriya davlatining Solnok shahrida o'smirlar, yoshlar, kattalar va faxriylaro'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionatida ham karatechilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Yana bir malumot, bugun poytaxtimizda xalqaro seminar boshlandi. Unda Sankt-Peterburg shahridan kelgan Rossiyada 11 ta mintaqa shinkiokushinkay federaciyalari prezidenti bo'lgan Abdurashid Xidirov yosh karatechilarimizga mahorat saboqlarini o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing