So’nggi yangiliklar

17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0 13:51Ўсмир таэквондочиларимиз Осиё чемпионатини муваффақиятли бошлади 0 13:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун тайёргарликни Америкада давом эттиряпти (ВИДЕО) 0 13:06Волейбол. Бугун Ўзбекистон U-19 терма жамоаси Аргентинага қарши ўйнайди 0 12:45"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр 0 12:24Апелляциядан сўнг UFC жангчисининг мағлубияти бекор қилинди 0 11:58Байдарка ва каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини 3 та медаль билан якунлашди 0

22 fev 10:48
Yangiliklar

Kurash

Komil Yusupov kurashga qaytdi!

Teglar :  Komil YusupovKurash
Sir emas, o'zbek milliy kurashini dunyoga ko'z-ko'z qilgan zamonaviy kurash qoidalari asoschisi Komil Yusupov hisoblanadi.

Mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g'oyalarini o'z koidalarida mujassam etgan, Zamonaviy sportimiz  kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug'ullanishga keng jalb qilish, O'zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish hamda kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilishiga erishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari tug'risida” gi 4881-son qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy ananalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug'ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish talab etilmoqda.

Bu yuksak vazifalarni bajarish uchun hammani bir jonu-tan qila oladigan, yuksak marralar sari boshlab boradigan, katta tarjibaga ega etakchi, yo'lboshchi insonning o'rni beqiyos albatta. Bunday inson esa shubhasiz o'z umrini kurashga bag'ishlagan, o'zbek kurashini dunyo miqyosiga olib chiqishga bel bog'lagan, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni engib, O'zbek milliy kurashini dunyoga ko'z-ko'z qilgan zamonaviy kurash qoidalari asoschisi  Komil Yusupovdir.

Komil Yusupovning tinimsiz, mashaqqatli mehnati va izlanishlari natijasida jonajon Vatanimiz mustaqilligining ilk yillaridanoq uning rivoji, yanada gullab yashnashi va dunyoga tanitilishi borasida "Vatanparvar o'zbek o'g'loni" sifatida sport sohasi orqali qo'shgan ulkan va betakror hissasi yuksak etirofga loyiqdir. 

Xususan, Komil Yusupov tarixi 3,5 ming yilga teng milliy, azaliy merosimiz hisoblangan Kurashimizga "CHala, yonbosh, g'irrom, dakki, tanbeh, halol" kabi o'zbek jumlalarini qoidaga kiritishi orqali dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida ushbu so'zlar baralla tarannum etilayotgani buning yaqqol isbotidir.

Komil Yusupov  — kurash bo'yicha sport ustasi, sambo va dzyudo bo'yicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi, «Kamolot» jamg'armasi raisi, O'zbekiston - Hindiston do'stlik qo'mitasi raisi, 2004 yildan Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari. Kurash va belbog'li kurashning xalqaro qoidalarini ishlab chiqqan. Kurash bo'yicha o'tkazilgan nufuzli musobaqalar tashkilotchilaridan, Xalqaro kurash associaciyasi tuzish tashabbuskorlaridan biri. 1998 yildan-2014 yilgacha Xalqaro Kurash Associaciyasi prezidenti. «Kurash» va «Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi» kitoblarining muallifi. “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi”, «Sog'lom avlod uchun», «El-yurt hurmati» ordenlari, BMT ning «Yaxshi niyat elchisi» unvoni bilan mukofotlanganlar. Mo'g'uliston Prezidenti tomonidan «CHingizxon» ordeni, Mongoliyada “Xizmat kursatgan sport xodimi”, 2020 yil “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni, 2021 yil - “Mehnat faxriysi” I- jarajali unvoni bilan taqdirlanganlar.

Komil Yusupov yana o'z faoliyatini jahonda kurashni rivojlantirishga bag'ishlash uchun qaytdi. 

O'zbekiston Kurash federaciyasida bo'lib o'tgan yig'ilishda ishtirok etgan mutassadiy tashkilot vakillari hamda mutaxassislar bu voqelikni ko'taringi ruhda qabul qilib, kurashimiz jahon arenalarida yana gullab yashnashiga omad tiladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing