28 iyu 12:24
Yangiliklar

Apellyaciyadan so'ng UFC jangchisining mag'lubiyati bekor qilindi
Atlanta mezbonlik qilgan UFC on ESPN 69 turnirida bo'lib o'tgan jang dastlab, Abdulmalik foydasiga texnik qaror bilan yakunlangandi. Biroq Brendeyj shikoyat bilan chiqdi va komissiya uni ko'rib chiqib, qoidalarga rioya qilishda xatolik borligini aniqladi.
Jang uchinchi raund avvalida boshlar to'qnashuvi tufayli to'xtatilgandi, shundan so'ng hakamlar ko'rsatkichlar bo'yicha qaror qabul qilgan. Biroq komissiya tashkilotchilar ochkolarni hisoblashda uchinchi raundni hisobga olganligini aniqladi, bunga Jorjiya qonunchiligida ruxsat berilmagan.
SHunday qilib, hisob faqat dastlabki ikki raund natijalariga ko'ra amalga oshirilishi kerak edi. Ikki hakam har bir jangchiga bittadan raund bergan va komissiya bu holatda jang natijasini durangga o'zgartirdi.
Fikrlar