28 iyu 13:06
Yangiliklar
Voleybol

Voleybol. Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoasi Argentinaga qarshi o'ynaydi
Toshkent shahrida voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasida U-19 Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqa doirasida O'zbekiston terma jamoasi yigitlari bugun Argentina vakillariga qarshi bahs olib boradilar.
Bungacha terma jamoamiz Turkiya va Puerto-Rikoni 3:0 hisobida mag'lub etgan va Pokistonga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Argentina ham biz kabi Turkiya va Puerto-Rikoni mag'lub etgan. Bitta o'yinda esa Belgiyaga imkoniyat boy berilgan.
Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bahslar "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar