So’nggi yangiliklar

18:39Рой Жонс – Емельяненко билан жанг ҳақида: "Пул бўлса, муаммо йўқ" 0 18:17Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари 0 17:53Россиялик Олимпиада совриндори допинг туфайли дисквалификацияга дучор бўлди 0 17:25FIDE рейтинги. Магнус Карлсен етакчи, Абдусатторов пастлади, Рамешбабу Тошкентдаги турнирдан сўнг кўтарилди 0 17:01Геннадий Головкин World Boxing раҳбарига айланиши мумкин 0 16:39Ла Лига раҳбари клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан" 0 16:18Гулруҳбегим Тохиржонова: "Бу мукофот ишонч рамзи" 0 15:56IBA.Pro 7: Бугун юлдузлар иштирокидаги турнирда Мадияр Саидраҳимов жанг қилади 0 15:36IBA 2025 йилги жаҳон чемпионати мезбонини эълон қилди 0 15:28Расман: Оливье Жиру "Лилл"га ўтди 0 15:05Эксперт: "Царукян — Топурия учун энг хавфли рақиб" 0 14:44Президент Спорт вазирини қабул қилди. Унда бир қатор янгиликлар эълон қилинди 0 14:21Пэдди Пимблетт ва Жастин Гэтжи ўзаро жанг қилиши мумкин 0 14:00"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди (ФОТО) 0 13:39Superunited Rapid & Blitz Croatia 2025. Бугун Нодирбек Абдусатторов юлдузли турнирдаги иштирокини бошлайди 0

05 may 06:02
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket. Hindiston jamoasi mag'lub etildi FOTOGALEREYA

Teglar :  KriketHindiston
Jamoaviy sport turlaridan sanalgan kriket ommaviyligi jihatdan futboldan keyingi o'rinda turishini ko'pchilik yaxshi bilsa kerak.

Mazkur sport turini mamlakatimizda ham keng ommalashtirish maqsadida O'zbekiston kriket federacyaisi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Kriketni keng targ'ib etish va rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turini ommalashtirish, qolaversa, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash va terma jamoalarga jalb etish maqsadida poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida O'zbekiston kriket federaciyasi Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorligida kriket bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Mazkur hamkorlikdagi do'stona uchrashuvda Toshkentning “Anfa” kriket klubi jamoasi Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda mamlakatimizda yashab, turli sohalarda mehnat qilayotgan hindistonliklardan iborat “India Club Tashkent” klubi jamoasiga qarshi bahs olib bordi.  

Ayni paytda kriket bo'yicha jamoalarimiz orasida etakchilik qilayotgan Toshkentning “Anfa” kriket klubi jamoasi tajribali raqib jamoaga munosib qarshilik ko'rsatdi. Ikki bo'limdan iborat bo'lgan shiddatli va murosasiz o'yinda “Anfa” jamoasi “India Club Tashkent” jamoasini 2 ochko farqi bilan (119:121) mag'lub etib, g'alabani tantana qilishdi.

Manish PRABHAT, Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi:

Bizni ushbu o'yinga taklif etgani uchun O'zbekiston kriket federaciyasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bugun muhim kun. Boisi, O'zbekiston kriket federaciyasining “Anfa” kriket klubi jamoasi hamda mahalliy hindlar klubi o'zaro bellashishmoqda. O'yin judayam qiziqarli kechmoqda. Kriket sporti Hindistonda judayam mashhur sport turi hisoblanadi va Hindiston kriket jamoalari dunyodagi eng yaxshi jamoalar safida etirof etiladi. SHuningdek, Hindiston ushbu sport turini jahon bo'ylab targ'ib qilishga harakat ham qiladi. Kriket bo'yicha shunday yaxshi jamoa shakllanib kelayotganidan juda xursandman. Hindiston elchixonasi tomonidan qo'limizdan kelgancha O'zbekisistondagi kriketni qo'llab-quvatlashga harakat qilamiz. SHu fursatdan foydalanib, O'zbekiston hukumatiga ham o'z minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman. Hukumatingizning xayriya ishlari hamda Hindistonga yuborgan gumanitar yordami (dori-darmon, kislorod konsentrator) tahsinga sazovor. Bunday chin insonparvarlik uchun tashakkur va rahmat deymiz.

Aziz MIXLIEV, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi: 

- Hamkorlikda tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvida ko'rib turganingizdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan hindistonlik, Pokiston va afg'onistonlik do'stalirimiz muxlis sifatida ham kelib, chuqur hayajon bilan o'yinni kuzatishdi. Mazkur o'ziga xos tarzda tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvi ham kriketni ommaviyligini taminlashda, yoshlar orasida rivojlanishiga turtki bo'ladi. Qolaversa, “Anfa” jamoasi vakillari uchun bu kabi o'yinlar tajribalarini boyitishga xizmat qiladi. SHu o'rinda bevosita federaciyamizning rivojlanishi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapiradigan bo'lsam, avvalo biz xalqaro maydonga chiqishimiz uchun Xalqaro kriket kengashi tomonidan ayrim talablar qo'yilgan va shu talablar ustida jadal suratlarda ish olib boryapmiz. XKKning asosiy talablariga ko'ra O'zbekiston kriket federaciyasining o'z hisobida bo'lgan ikkita kriket maydoni bo'lishi shart. SHuningdek, erkaklar va ayollardan iborat sakkiztadan jamolar tashkil etilishi kerak. Biz hozirda kriket maydonchalarining qurilish jarayonlari, jamoalarning shakllantirish ishlariga asosiy etiborni qaratganmiz. Bundan tashqari kriketni doimiy tarzda ommaga keng targ'ib etish, yoshlarni kriketga jalb etish va rivojlantirish maqsadida har oyda musobaqalar, tadbir va o'rtoqlik uchrashuvlar tashkil etib boramiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing