So’nggi yangiliklar

22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0 17:38Ситора Турдибекова ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 17:31"Мен нафақага чиқмадим" - Жон Жонс UFC'даги мақсади ҳақида гапирди 0 17:10U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди 0 16:49Феруза Казакова бразилиялик рақибасини мағлубиятга учратиб, ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 16:33Нодирбек Абдусатторов 8 соатлик ўйин ўтказди. Самарқандда ўтказилаётган турнирда вазият қандай? 0 16:16"Чимаев билан жангни қўлдан бой бермайман. Менга аутсайдер мақоми ёқади" - Имавов 0 15:52Махачев Делла Маддалена қай томонлама хавфли рақиб эканлигини айтди 0 15:26Хабиб катта пул ваъда қилинган бўлсада, Мейвезер билан жанг қилишдан бош тортган экан 0 15:01Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди 0 14:38Кроуфорд ва Канело жанги учун гонорарлар маълум қилинди 0

10 jan 17:58
Yangiliklar

Futbol

Krishtianu reallikni his qilmayapti. Uning egosini qondiradigan klub qolmadi

Krishtianu Ronalduning agenti hisoblanadigan Jorde Mendeshga yaqin manbaaning aytishicha, portugaliyalik futbolchi ancha vaqtdan beri haqiqiy reallikdan uzoqlashgan va atrofidagi voqea- munosabatlarni qabul qilishi tobora qiyinlashmoqda.

Aniqroq aytadigan bo'lsak, reallikni qabul qilmayapti va Evropada uning egosini qondiradigan klub qolmagan.

Uzoq yillardan beri portugaliyalik yulduzga agentlik qilib kelayotgan Jorje Mendeshga yaqin manbaalardan biri yaqinda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan Krishtianu Ronalduni haddan tashqari reallikdan uzoqlashganlikda aybladi va qattiq tanqid qildi. Manba Ronaldu egosi bilan bog'liq muammo tufayli Evropaning birorta klubi uning takliflarini qabul qilmagani, uning shartlari haddan tashqari katta va egoistik ekani Evropa klublariga yoqmaganini aytib o'tdi.



Esingizda bo'lsa, Ronalduning Pirs Morganga bergan intervyusi uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini muddatidan avval bekor bo'lishiga sabab bo'lgan edi. U bilan deyarli 20 yildan beri do'stona aloqalarda bo'lgan va uning imij huquqlariga egalik qilgan agenti Jorje Mendesh unga bunday intervyu bermaslikni hamda intervyuda aytgan gaplarini aytmaslikni maslahat bergan edi. Ammo Ronaldu unga quloq solmadi hamda 20 yillik do'stona munosabatlar va hamkorlikka putur etkazdi.



"Krishtianu Ronalduda haqiqiy reallikni his qilish bo'yicha muammolar bor. SHuning uchun u unga bildirilayotgan maqtovlarni haqiqiy yoki soxta ekanligini ham ajrata olmayapti. Uning atrofidagilar unga shunday maqtovlar yoqishini va u maqtovdan boshqasini tushunmasligini yaxshi biladi".

Krishtianu Ronaldu o'zining yulduzligini va shuhratini ko'tara olmadi. Uning egosini, moliyaviy shartlarini qabul qiladigan va ko'taradigan birorta klub yo'q. Bunday shartlar uning miyasida bor, reallikda esa ularni hech kim qabul qila olmaydi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing