So’nggi yangiliklar

11:22Ёшларимиз Чехия ва Венгрияда ўтказиладиган Европа Кубокларига жўнаб кетишди + ФОТО 0 11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0 09:16“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи 0 08:53"Топурия ва Царукян бой оиладан чиққан" - Даниэль Кормье 0 08:29Байдарка ва каноэчиларимиз Болгарияга жўнаб кетди 0 08:02Хейни иштирокидаги чемпионлик жанги ноябрь ойида бўлади 0 07:30Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда 0 19:01ФИДЕ тарихидаги илк рейтинг рўйхати қандай бўлганини биласизми? 0 18:39Рой Жонс – Емельяненко билан жанг ҳақида: "Пул бўлса, муаммо йўқ" 0 18:17Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари 0 17:53Россиялик Олимпиада совриндори допинг туфайли дисквалификацияга дучор бўлди 0

10 may 16:20
Yangiliklar

Kurash

Kurash. Kuchlilar saralandi

Milliy sport turlarimizdan bo'lmish kurash yoshlarning sevimli sport turlaridan sanaladi.

Xususan, Toshkent viloyatida ham kurashga bo'lgan alohida etibor bois keyingi yillarda viloyat polvonlari xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatoridan joy olayotgani ayni haqiqat.

Jumladan, viloyatning Quyichirchiq tumanida kurash bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan Toshkent viloyati chempionatida ham mahoratli yosh  kurashchilar ko'pchilikni tashkil etganiga guvoh bo'ldik.

O'g'il bolalar 11 ta vazn toifasiga ko'ra, qizlar 9 ta vazn toifasida bellashgan ushbu viloyat chempionatida 200 nafardan ortiq sportchilar kuchli uchlikdan joy olish maqsadida shiddatli bahslarga kirishdi.  

Quvonchbek SHodiev (CHirchiq sh.), Asadbek Abdiev (Angren sh.), Bobur Islomov (CHirchiq sh.), Javohir Rustamov (CHirchiq sh.), Diyor O'rmonaliev (Angren sh.), B. Umrzoqova (CHirchiq ) singari polvonlar o'z vazn toifalariga muvofiq, barcha raqiblarini engib, shohsupadan joy olishdi. Umumjamoa hisobida esa CHirchiq va Angren shahri polvonlari etakchilikni o'zlarida saqlab qolishdi.

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Yoqub SAYDULLAEV, Toshkent viloyati kurash federaciyasi   ijrochi direktori:
- Davlatimiz rahbarining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  PQ-4881 – sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida Toshkent viloyatida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun o'tgan ushbu musobaqa ham qaror ijrosini taminlash, shuningdek, yoshlar orasida viloyat terma jamoasiga munosiblarni aniqlash, respublika miqyosida o'tadigan chempionatga saralash kabi vazifalarni o'z ichiga olgan. Ushbu chempionatning ko'taringki ruhda, murosasiz va bayramona tusda  o'tishiga bosh-qosh bo'lgan mutasaddilarga ishtirokchi-polvonlar, federaciyamiz nomidan tashakkur deymiz. O'ylaymanki, eng kuchli, deya etirof etilgan va respublika chempionatiga yo'llanma olgan yosh polvonlarimiz ertaga mamlakat miqyosidagi bahslarda ham kuchlilar qatorida bo'lishadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing