So’nggi yangiliklar

14:51Александр Усик Дюбуага қарши жанг олдидан қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 14:25Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум 0 14:03Царукян кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0 13:41Усик нега яна иккита жангдан кейин боксни тарк этмоқчи эканини тушунтирди 0 13:20UFC 318: Турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 12:55"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи 0 12:29UFC 318. Медиа тадбирлар бошланди, Холлоуэй ва Порье юзма-юз келди 0 12:03Дюбуа — нокаутлар машинаси. У Александр Усикни мағлуб эта оладиган ягона боксчими? 0 11:40"Бу юқори даражали шахмат ўйини эди". Волкановски Махачевга қарши биринчи жангни эслади 0 11:19Гвардиоланинг илтимоси билан "Манчестер Сити"ни 6 футболчини тарк этади 0 10:58Қишки Олимпия ўйинлари-2026 медаллари тақдим этилди + ФОТО 0 10:37PFL World Tournament 9 турнирининг асосий жанги тасдиқланди 0 10:16Свёнтек WTA тарихида мукофот пули қўлга киритиш бўйича кучли учликка кирди 0 09:55"Пахтакор" легионер футболчи билан келишувга эришди 0 09:34"Дюбуа ёш, Усик эса қари. Бу Александр учун хавфли жанг" - мураббий 0

07 dek 12:24
Yangiliklar

Kurash

Kurash: O'zbekiston kubogi mezbonlarga nasib etdi

Teglar :  Kurash
Xabar berganimizdek, shu yilning 3-6 dekabr kunlari Buxoroda milliy g'ururimiz bo'lmish kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 300 nafarga yaqin alp yigitlar va barchinoy qizlar g'oliblik uchun o'zaro bel olishdi.

Murosasiz kechgan bahslar finaliga Samarqand va Buxoro viloyati jamoalari etib kelishdi. «O'z uyingda devorlar ham suyaydi», deganlaridek hal qiluvchi bahsda buxorolik polvonlar raqiblari bo'lmish Samarqand viloyati jamoasini aslo ayab o'tirmadi va 8:1 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylanishdi. Bu bilan ular qaysidir manoda o'tgan yilgi mag'lubiyat uchun revansh olishdi, desak ham xato qilmaymiz.

SHuningdek, musobaqa doirasida shaxsiy birinchilik bo'yicha ham bellashuvlar o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida 1-o'rinni Buxoro viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, shohsupaning ikkinchi pog'onasini Samarqand viloyati azolari band etishdi. Toshkent hamda Surxondaryo viloyatlari jamoalari esa 3-o'ringa loyiq ko'rildi.

Takidlash joiz, sport irodani toblash bilan bir qatorda millatlarni birlashtiradi va do'stlashtiradi. Insonni aniq maqsad sari intilishga undaydi, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engib o'tishga o'rgatib, g'alabaga ishonch, g'urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi. Milliy g'ururimiz bo'lmish kurashda ham ana shu fazilatlar mujassam va shunisi bilan u yanada qadrlidir.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing