So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

25 fev 14:20
Yangiliklar

Boshqalar

Kutib oling! O'zbekistonga TEKBOL sport turi kirib kelmoqda

Teglar :  Tekbol
Bugungi kunda butun dunyoda jadal suratlarda rivojlanib, ommalashib borayotgan tekbol sport turi tez orada rasman faoliyatini boshlaydi.

SHu yilning o'zidayoq O'zbekiston chempionati bahslarining o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

SHu o'rinda tekbol sport turi haqida malumot berib o'tamiz. Tekbolga 2014 yilda vengriyaliklar - sobiq professional futbolchi Gabor Borshani hamda kompyuter dasturchisi Viktor Xusar tomonidan asos solingan. Tekbol o'zida stol tennisi va futbol sport turlarini mujassamlagan. Sodda tilda aytganda, futbol va stol tennisi qorishmasi.    

To'pni birgina qo'l bilan o'ynab bo'lmaydi. Inson tanasining qolgan barcha azolari bilan to'pga teginish mumkin. Faqat to'pga ketma-ket tananing bitta azosi bilan zarba berilishiga ruxsat etilmaydi. Maqsad to'pni raqib tomon maydonchasiga tushirish. Javob qaytara olmagan taqdirda zarba yo'llagan jamoaga ochko yoziladi, xuddi stol tennisiga o'xshab. 

Tarix uchun juda ham qisqa fursat - 6 yil mobaynida tekbol yaxshigina mashhurlik va ommaviylikka erishdi. Bugungi kunda tekbol Lionel Messi, Neymar, Alison, Ronaldino, Luish Figu, Simao Sabroza, Rober Pires, SHon Garne singari mashhur futbol yulduzlarining kundalik mashg'ulotiga aylangan. «Ayaks», «Arsenal», «CHelsi», «Flamengo», «Pari-Sen-Jermen», «Real» kabi klublar tekbolni o'z mashg'ulotlariga kiritishgan. 

Dunyo miqyosida qisqa fursatda ana shunday etirofga erishgan tekbol tez orada O'zbekistonga ham kirib keladi. Rasmiy federaciya faoliyati yo'lga qo'yiladi va albatta chempionat bahslariga ham start beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
25 fev 18:31:33
зуҳриддин
Olamsportga omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing